Foto: “Gazeta.uz”
Do‘stlik bog‘i uchun kurash
Hokimiyat va fuqarolar o‘zaro til topishish uchun
nimalar qilmoqda?
Do‘stlik bog‘i rekonstruksiyasi Toshkent uchun hokimiyat va fuqarolarning bir-birlari bilan til topishishga urinishlari ko‘rsatkichiga aylandi. Bir necha yillik qarovsizlikdan so‘ng bog‘ qaytadan ochildi, biroq unda ko‘plab kamchiliklar mavjudligi ko‘rinib qoldi. Ko‘ngillilar bog‘da, baribir, shikastlangan daraxtlar borligidan shikoyat qilmoqda. Tuman hokimligi ko‘chat yetishtirish uchun ikki sotix yer ajratib berishni vaʼda qilmoqda. Hokimlik bog‘ni tadbirkorlarga bermay, xalqqa qoldirish vaʼdasini bajarishga intilmoqda. Ko‘ngillilar parkni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyor investorlarni qidirmoqda. Ko‘ngillilar qanday bog‘ni ko‘rishni xohlaydilar, tuman hokimi bu haqda qanday fikrda va bog‘ni rekonstruksiya qilishda pudratchilar qanday xatolarga yo‘l qo‘yganligiga “Gazeta.uz” muxbiri Sabina Bakayeva aniqlik kiritdi.
Bobur bog‘i – mening bolaligim bog‘i. Muzning singan ovozi va to‘rt yoshli ukamning uning ostiga tushib ketganini eslayman. Bu “Kapalak” ko‘lida sodir bo‘lgan edi. 2003 yilning qishi. Bronxlar saratoniga chalingan dadam ko‘lga tushib, bolani chiqarib olgan edi. Ikki yildan keyin u vafot etdi. Dadam Toshkentning qanday qilib bog‘larsiz qolgani va ko‘prigu mashinalar shahriga aylanganini ko‘rmadi. Bu shahar uchun saratondek emasmi?

O‘tgan yilning oktyabr oyida endilikda “Do‘stlik” nomini olgan bog‘ taʼmirlash ishlari tugallanmaganiga qaramay, rekonstruksiyadan so‘ng ochildi. Bir necha yil davomida u sarmoyadorni kutib, qarovsiz holda turdi. Bog‘ni qayta tiklash bo‘yicha bir qancha konsepsiyalar ko‘rib chiqildi, biroq ularning hech biri tuman aholisi bilan muhokama qilinmadi. 2021 yil bahorida Toshkent shahar hokimligi istirohat bog‘i poytaxtga qaytarilgani, shahar maʼmuriyati fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda uni qayta tiklashini maʼlum qildi.

Aholi tomonidan aytilgan bog‘ga qo‘yiladigan asosiy talablar: muntazam sug‘orib turiladigan ko‘proq daraxtlar va yashilliklar, velosiped yo‘llaridan ajratilgan piyodalar yo‘laklari, o‘rindiqlar, favvoralar, sport maydonchalari, qayiqli ko‘l, skeytbordlar va roliklar uchun maydon, bepul kirish, hech qanday attraksionlarning bo‘lmasligi va boshqalar.

Avval-boshda bog‘ 16 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, Bobur, Shota Rustaveli va Bratislava ko‘chalari orasidagi hududni egallagan edi. Bugungi kunda uning maydoni 4 gektarga kamaydi. Hududning bir qismida Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qarshisida avtoturargoh, Pushkin xiyoboni hamda gul bozori paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, oxirgi yillarda Bratislava ko‘chasida 10 qavatli turar-joy binosi paydo bo‘ldi, Shota Rustaveli ko‘chasidagi “Buxoro” kafesi o‘rnida ham ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida tadbirkorning to‘rt qavatni qurishga ruxsati borligiga qaramasdan, bugungi kunda u yerda besh qavatli bino barpo etilgani sababli qurilishni to‘xtatganini taʼkidladi. Tadbirkor qurilishni davom ettirish uchun hujjatlarni ola oladimi, bu – ochiq savol.
Yaqinda qurilish munosabati bilan sobiq “Sietl” kafesining butun hududi ham o‘rab olingan edi. Dekabr oyi oxirida Tashkent Retrospective Telegram-kanalida Turkiston o‘lkasi general-gubernatori Konstantin fon Kaufmanning dachasi “Do‘stlik” bog‘i hududida joylashgan vaqtlarda muassasa yaqinida uning davrida qurilgan yerto‘la bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu xabarga munosabat bildirgan Anvar Sayfutdinov mazkur uchastka tadbirkorga 2008 yilda ajratilganini aytdi. Endi uni bog‘ balansiga qaytarishning iloji yo‘q.
«Madaniyat vazirligi vakillari qani?»,– deya so‘radi hokim tarixiy bino yo‘qotilgani haqida so‘zlar ekan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bog‘ hududidagi XIX asrda qurilgan va avval hayvonot bog‘ining bir qismi joylashgan binolardan biriga ham Madaniyat vazirligi hech qachon eʼtibor qaratmagan.
Video manbasi: «ЭКОВОЛОНТЕРЫ INDIGO» Facebook guruhi.
Arxitektura fanlari doktori, Turizm va sport vazirligi Madaniy meros agentligi ilmiy-ekspert kengashi aʼzosi Abdumanop Ziyayev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida yerto‘laning oddiy, kichik va kapital bo‘lmagan inshoot bo‘lganligini taʼkidladi. Yerto‘la mavjud bo‘lgan yillar davomida uning ko‘rinishi bir necha bor o‘zgartirilgan va kengaytmalar bilan to‘ldirilgan. Xuddi shunday binolar hozirgi Markaziy ekopark joylashgan sobiq Toshkent hayvonot bog‘i hududida ham bo‘lgan. Ularning bir qismi paxsadan qurilgan. Mutaxassisning aytishicha, fon Kaufman davrida davlat xizmatchilari pishiq g‘ishtli kapital binolarda kamdan-kam yashagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yerto‘la hech qachon moddiy madaniy meros obyektlari reyestriga kiritilmagan. Ushbu ro‘yxatga faqat inqilobdan oldingi kapital binolar kiritilgan, ammo hammasi ham emas.

Yozda oziq-ovqat saqlash uchun yerto‘laga ega bo‘lgan kichik ayvonli uy. Abdumanop Ziyayevning so‘zlariga ko‘ra, qishda yerto‘laning maxsus o‘rasiga muz bo‘laklari to‘plangan va bu yozning jazirama kunlarida ham salqin haroratni saqlab turgani uchun bino “muzlik” deb ham atalgan. Surat, ehtimol, XIX asr oxirida olingan.

Foto: Abdumanop Ziyayev

Toshkent tarixshunosi Boris Golenderning fikricha, yerto‘laning tarixiy ahamiyati yo‘q edi, chunki bino bog‘ maqsadiga ega bo‘lib, undan xizmat binosi hamda dam olish maqsadida foydalanilgan.
«Inshoot qiziqarli va qimmatli arxitektura elementlariga ega emas edi», – deya qo‘shimcha qiladi Boris Golender.
реклама
реклама
“Sietl” bog‘i qurilishi boshlanganidan so‘ng yerto‘la shu nomdagi kafening bir qismiga aylandi. Bugun ushbu kafe peshlavhasi Yakkasaroy tumanining sobiq madaniyat markazi bazasida (“Akvamarin” suv havzasi va “Sietl” bog‘i o‘rtasida joylashgan) ochilgan “Sietl” muzeyi kirishiga ilib qo‘yilgan.

Sobiq kafe peshlavhasi ilingan “Sietl” muzeyi

Foto: "Gazeta.uz"

Zamonaviy yodgorlik – Amerika shahri aholisi tomonidan “Sietl” bog‘i qurilishi paytida qo‘yilgan kapsula panjara bilan o‘ralgan kafe hududida qoldi. U saqlanib qolganmi, bog‘ hududiga ko‘chiriladimi – nomaʼlum.

Kapsula Sietlning geografik koordinatalari o‘yib yozilgan bronza medalyonli tosh obyektidan iborat edi. Toshkent koordinatalari bo‘lgan xuddi shunday nusxa AQSHda ham bor, degan edi bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasi mualliflari yozgi press-tur chog‘ida.
Foto: "Gazeta.uz"
Ushbu taqdimot jarayonida loyiha menejeri Nuriddin Sagatov bog‘ga kirish yettita darvoza orqali bo‘lishiga ishontirgan edi: Bobur va Bratislava ko‘chalaridagi markaziy darvozalar, Shota Rustaveli ko‘chasidagi darvozalar, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti yonidan ikkita va Seul bog‘i va “Sietl” kafesi orqasida bittadan.

Oxirgi darvozaning yana ochilishi dargumon. Bugun bog‘ga markaziy darvoza va Seul bog‘i orqali kirish mumkin. Tuman hokimi Anvar Sayfutdinovning aytishicha, Bobur va Bratislava ko‘chalaridagi darvozalarga nazorat-o‘tkazish punktlari kabinalari o‘rnatish rejalashtirilgan. Ehtimol, kirish faqat ular orqali amalga oshiriladi.
реклама
реклама
Anvar Sayfutdinovning aytishicha, istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun 20 mlrd so‘m ajratilgan. Bu pullarning katta qismi «yer ostida», dedi hokim butun bog‘ hududini qamrab olishi, biroq yo‘laklarni suv bosmasligi uchun qaytadan ishlab chiqishga to‘g‘ri kelgan muhandislik-kommunikatsiya va sug‘orish tizimlari qiymatini nazarda tutgan holda. Avvaliga quruvchilar buni hisobga olishmagan va shu boisdan maysazorlarning bir qismi qamrab olinmaganligicha qolayotgandi.

Sug‘orish

Foto: "Gazeta.uz"

“Indigo” o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish jamiyati ko‘ngillilarining “Gazeta.uz”ga taʼkidlashicha, sug‘orish tizimini o‘rnatish vaqtida ishchilar daraxtlarning ildiz tizimiga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, daraxtlarga shakl berish savodsizlik bilan va mavsumiylikni buzgan holda amalga oshirilgan, shuningdek, ko‘p yillik daraxtlar kesilgan.
Anvar Sayfutdinovning maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda (yuqoridagi videoda) bog‘ga oid bo‘lmagan daraxtlar kesilayotgani aks etgan. Shu bilan birga, tuman rahbari videoyozuvlarda aks etgan bog‘ daraxtlariga shakl berishdagi xatolar va ularning ildiz tizimiga zarar yetkazilganini tan oldi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bog‘ning 8,5 gektar maydoni – sug‘orish zonasi. Bunday katta maydon va daraxtlar ko‘p bo‘lgan holatda ildizlarni chetlab o‘tish qiyin.
Ildiz tizimiga zarar yetkazishga majbur bo‘ldik. Lekin biz bunaqa bo‘lishini xohlamagandik.
Videoda bog‘ga oid bo‘lmagan daraxtlarning kesilishi ko‘rsatilgan deyapsiz, chunki bu yerning bog‘ hududi ekanligi tushunarsiz. Biroq videoda ko‘rsatilgan ildiz tizimining shikastlanishi va noto‘g‘ri shakl berish holatlarining bog‘ hududida tasvirga olinganini tan olyapsiz. Vaholanki baʼzi videolarda bu haqiqatan ham bog‘ hududi ekanligi aniq emas.
Men daraxtlarni kesishni taqiqlaganman. Nima uchun ularni kesish kerak ekan?

Chinorlar

Foto: "Gazeta.uz"

“Indigo” jamiyatining ko‘ngillilaridan biri Pavel Volkov daraxtlarning keyingi taqdiridan xavotirda. Uning fikricha, ildiz tizimi, bu – o‘simliklarning asosi.

«U tanasidan ham muhimroq, – deydi ko‘ngilli. – Agar ildiz tizimi shikastlansa, daraxt albatta kasal bo‘lishni boshlaydi yoki o‘ladi. Daraxt kesilgan taqdirda ham, to‘nkasining atrofidan novdalar chiqishi mumkin. Kesilgan keksa va sog‘lom daraxtlarning ildizlaridan chiqqan novdalar yosh ko‘chatlarga qaraganda tezroq o‘sadi».

Pavel Volkov daraxtlarning shikastlangan ildiz tizimini sunʼiy ravishda tiklab bo‘lmasligini taʼkidlaydi. Bunga yordam berish uchun siz o‘simliklarni o‘g‘itlashni sinab ko‘rishingiz mumkin, ammo daraxtlarning o‘zini qanday tutishini oldindan aytib bo‘lmaydi.

Ko‘ngillilarning aytishicha, bog‘dagi keksa daraxtlarning deyarli barchasi kasallangan. Bu rekonstruksiya doirasidagi obodonlashtirish xizmati xodimlari, shuningdek, respublikani obodonlashtirish bo‘yicha «Yashil makon» dasturini amalga oshirish jarayonida turli davlat tashkilotlari tomonidan bu yerga ekilgan yosh ko‘chatlar uchun xavf tug‘dirmoqda. Ko‘ngillilarning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotlar savodsizlarcha va hisobot uchun daraxt ekishgan.

Do‘stlik bog‘idagi «Gidroenergetiklar xiyoboni» stelasi.

2021 yil 26 noyabrda “Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyatining 90 yilligiga bag‘ishlab o‘rnatilgan

Foto: "Gazeta.uz"

“Indigo” jamiyatining ko‘ngillilaridan biri Pavel Volkov daraxtlarning keyingi taqdiridan xavotirda. Uning fikricha, ildiz tizimi, bu – o‘simliklarning asosi.

«U tanasidan ham muhimroq, – deydi ko‘ngilli. – Agar ildiz tizimi shikastlansa, daraxt albatta kasal bo‘lishni boshlaydi yoki o‘ladi. Daraxt kesilgan taqdirda ham, to‘nkasining atrofidan novdalar chiqishi mumkin. Kesilgan keksa va sog‘lom daraxtlarning ildizlaridan chiqqan novdalar yosh ko‘chatlarga qaraganda tezroq o‘sadi».

Pavel Volkov daraxtlarning shikastlangan ildiz tizimini sunʼiy ravishda tiklab bo‘lmasligini taʼkidlaydi. Bunga yordam berish uchun siz o‘simliklarni o‘g‘itlashni sinab ko‘rishingiz mumkin, ammo daraxtlarning o‘zini qanday tutishini oldindan aytib bo‘lmaydi.

Ko‘ngillilarning aytishicha, ular bog‘ning yashil fondini davolashmoqda. Daraxt zarar ko‘rmasligi uchun kesilgan joylar maxsus aralashma bilan qoplanishi kerak. Ular aralashmani o‘zlari tayyorlaydilar. U kuydirilgan tuproq, so‘ndirilgan ohak, mis kuporosi, rux oqartmasi va kuldan tarkib topgan. Ushbu aralashma qo‘llanganidan so‘ng daraxt ishlov berilgan qismlar yomg‘ir va qordan himoya qilinishi uchun tashqi suv emulsiyasi bilan qoplanadi. Toshkent botanika bog‘ining “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, daraxtlarga ishlov berishning bunday usuli haqiqatan ham samarali.

Ko‘ngillilarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab daraxtlar po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlar bilan ham zararlangan. Bunday o‘simliklarga o‘lik qobig‘i olib tashlanganidan so‘ng, formalin yoki ammiak bilan ishlov beriladi.
Bir qancha daraxtlarning “malham” surtilgan yaralarida bajarilgan ishlar xotirasi uchun rasmlar paydo bo‘ldi. Bu ko‘ngillilarning ishi. Kelgusida ular ushbu loyihaga ijodkorlarni jalb etishni rejalashtirgan. Ko‘ngillilar xohlovchilardan kelgusida hamkorlik qilish uchun ular bilan bog‘lanishlarini so‘ramoqdalar. Buni Facebook orqali amalga oshirish mumkin.
Foto: Nazima Davletova / Facebook
Foto: Nazima Davletova / Facebook
Foto: Nazima Davletova / Facebook
Foto: Nazima Davletova / Facebook
Ko‘ngillilar o‘simliklarni parvarishlash uchun jihozlarni avval kutubxona joylashgan binoda saqlaydilar. Bino tuman hokimi topshirig‘iga ko‘ra bog‘ maʼmuriyati tomonidan ajratilgan. Anvar Sayfutdinovning aytishicha, hokimlik tomonidan o‘simliklar uchun dori-darmonlar ham xarid qilingan va ko‘ngillilarga topshirilgan.

Do‘stlik bog‘i direktori Sunnat Qilichev “Gazeta.uz”ga ko‘ngillilar bilan birgalikda bog‘ o‘simliklarini parvarishlash xizmatini joriy etish rejalari haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xizmat xodimlari Toshkent botanika bog‘i va hayvonot bog‘ida katta tajribaga ega bo‘lgan Pavel Volkov tomonidan o‘qitiladi.
реклама
реклама
Pavel Volkov buta turlari tanlanishi borasida ham o‘z xavotirini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda Toshkent ob-havo sharoitiga mos kelmaydigan zaharli oq oleander va xurmo palmalari uchraydi. Sunnat Qilichev ko‘p yillar obodonlashtirish xizmatida ishlagani, o‘simliklardan xabardorligini aytdi. Bog‘da zaharli butalar yo‘q, dedi u.

Shuningdek, ko‘ngillilar hokimlikdan keyinchalik bog‘ning yashil fondini to‘ldirish uchun Seul bog‘i ortidan ko‘chat yetishtirishga ikki gektar yer ajratishni so‘rashdi. Anvar Sayfutdinov ularning iltimosini qanoatlantirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan, biroq haligacha uchastka ajratilmagan.

Ko‘ngillilar bog‘da qushlar uyachalari va mushuklar uchun boshpanalar o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozir mushuklar sobiq kutubxona binosi yonidagi ko‘p asrlik chinorlar teshigida yashaydi.

Bog‘dagi yuz yillik chinorlar

Foto: "Gazeta.uz"

Pavel Volkov “Gazeta.uz”ga ko‘ngillilar Seul bog‘ini koreys diasporasi mablag‘lari hisobidan obodonlashtirishi mumkinligini taʼkidladi, diaspora aʼzolari shunday istakni bildirgan. Jamiyat vakili Gennadiy Shin “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda hozir Seul meriyasining sovg‘asi tashlandiq holda ekanini aytdi. Do‘stlik bog‘i taʼmirlanayotgan vaqtda Koreys madaniyat markazlari uyushmasi o‘z tadbirlarini hech qayerda o‘tkazolmay qolgan.
«Menga bu bog‘ bilan bog‘liq vaziyat yoqmayapti. Seul meriyasi shunday yaxshi obyektni sovg‘a qildi. Sovg‘alar yaxshi holatda saqlanishi kerak», – dedi Gennadiy Shin.
Ko‘ngillilar tomonidan koreys diasporasi vakillari bilan birgalikda tayyorlangan Seul bog‘ining konsepsiyasi loyihasida 2 gektarga yaqin bog‘ hududini obodonlashtirish taklif etiladi. Loyihada piyodalar va velosiped yo‘laklari, faol va passiv dam olish zonalari, vaqtinchalik va doimiy savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ochiq sahna, xo‘jalik inshootlari va hayvonlarni sayr qildirish joylari tashkil etish nazarda tutilgan. Landshaftni tosh, yog‘och va malakali ko‘kalamzorlashtirishdan foydalangan holda anʼanaviy koreys parki madaniyatiga to‘liq moslashtirish taklif etiladi.

«Koreys bog‘i hududining cheklangan qismida ko‘p darajali perspektiva (manzarani boricha tasvirlash sanʼati – tarj.) usullaridan foydalaniladi, bu esa makon illyuziyasini hosil qiladi. Bu yerda tosh va suv tabiat ustidan hukmronlik qiladi, o‘simliklar esa uning hoshiyasidir. Bog‘ inson qo‘li bilan yaratilganiga qaramay, u xuddi tabiat tomonidan yaratilgandek tabiiy ko‘rinishi kerak», — deyiladi konsepsiya loyihasida.
Gennadiy Shin Seul bog‘ida bu barcha infratuzilma allaqachon mavjud ekanligini taʼkidladi. Lekin uni qo‘llab-quvvatlab turish kerak va bog‘ni moliyalashtirish uchun «investitsiya qilishga tayyor odamlar bor», lekin ularga sarmoyaviy kafolatlar kerak. Gap kamida 5 million dollar haqida ketmoqda, deydi Gennadiy Shin.
«Bizning taklifimiz shunday ediki, agar byudjetda pul bo‘lmasa, investorga taklif qilamiz. Va menejment uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz. Biz 5 million dollar taklif qilamiz. Maksimalistlar bor – yo hayot, yo mamot. Ular hamma narsani biznesga berishga tayyor. Bog‘ bo‘lishi uchun biznesning bo‘lishi zarur, deyapmiz».

Hokimlikka byudjet uchun bunday yuk kerak emas, deya ishonch bildiradi Gennadiy Shin.

«Muammo bittaga bo‘lsa ham kamaysin. Hokimlik shahardagi har bir kvadrat metrga biznes deb qaramoqda», – deydi u.
Odamlar bog‘ xalqniki bo‘lishini xohlagani uchun birinchi investorga rad javobini bergan bo‘lsam, yana nega bog‘ni investorga berishim kerak? — deb so‘raydi tuman hokimi Anvar Sayfutdinov. Investor 5 million dollar taklif qiladi. U bu pullarni qanday qilib chiqarib oladi? U 5 ta restoran qurmoqchi.
Hech kim restoran, mehmonxona quring deyayotgani yo‘q. Biznesning zaruriy darajasi, bu – hisob qiymatidir. [Hokim] barcha ishlar jamoatchilik bilan kelishilishini aytdi. Boshqa tomoni bor. Jamoatchilik ham har xil bo‘ladi: hech qanday tijoriy narsa kerak emas. Qanaqasiga? Hojatxonalar-chi? Meni birinchi navbatda hojatxonalar va bolalar uchun yengil ovqatlanish qiziqtiradi. Hojatxona toza bo‘lishi uchun pul to‘lash kerak. Kimdir ularni qurish uchun sarmoya kiritishi kerak. Umumiy ovqatlanish joylari – betonli hech narsa kerak emas. Vaqtinchalikka qandaydir milliycha konstruksiyalar kerak – har holda Do‘stlik bog‘i. Parkni saqlash uchun byudjet mablag‘lari yetarli emas. O‘simliklar sotib olish, ekish, sug‘orish. Hozir buni mutaxassis bo‘lmaganlar qilyapti. Pashaning ajoyib jamoasi bor. Ular jangga tayyorlar... Yozgi bolalar maydonchasi, sahna madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun ideal joy. Baxtiyor akaning tajribasi bor.
реклама
реклама
Baxtiyor Hamidov — teatr va televideniye rejissyori, O‘zbekiston Davlat akademik rus drama teatrining sobiq bosh rejissyori. Uning fikriga ko‘ra, Do‘stlik bog‘ida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida hafta davomida o‘tkaziladigan yillik xalqaro ko‘cha teatrlari festivali o‘tkazilishi mumkin.
«Men yozgi sahnani rekonstruksiya qilish sharti bilan shunday taklifni ilgari surdim. Uni qandaydir zamonaviy tarzda jihozlash kerak, – deydi Baxtiyor Hamidov. – Hokimlik va Madaniyat vazirligiga rasmiy xatlar yubordik. Uchrashuv so‘radik. Bu qanday amalga oshirilishini batafsil tushuntirgan bo‘lardim: nima uchun Bobur bog‘i, u respublika va shahar imidji uchun nima beradi».

Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, rejissyorning taklifiga davlat organlaridan hech qanday munosabat bildirilmagan.

«U yerda nima bo‘lishi hech kimni qiziqtirmaydi. Odamlar uchun ko‘ngil yozish va dam olish muhiti yo‘q. Menga endi bu qiziqmas», — dedi u.
["Dam olish"] degan so‘z bor, bu so‘z nimanidir anglatadi. Mening nazarimda, madaniyat va istirohat bog‘i odamlar dam olishlari uchun shunday sharoit yaratib berishi kerak. Hech bo‘lmaganda bitta bog‘ bog‘ bo‘lib qolishi kerak. Ikki nabiram bilan Telman bog‘ida million so‘m tashlab chiqaman. Gorkiy bog‘i (Toshkent kurantlari ortida – tahr.) o‘ldi va hozir Xalq bankiga tegishli, “Mejik siti” haqida gapiradigan gap yo‘q. “Skver” haqida men umuman jim turaman. Bu og‘riq haqida gapirishning foydasi yo‘q. Do‘stlik bog‘i qisman qurilishlar uchun berila boshlandi. Shaharsozlik – bu fan va ijtimoiy loyiha. U yerda biznesmenlarga ish yo‘q.
Bu biznesmenlardan nimangiz bilan farq qilasiz?
Bog‘ni bizga berishlarini so‘ramayapmiz. Aytmoqchimanki, shartnoma asosida investorimiz hech qanday huquqqa ega bo‘lmaydi. Ular investor so‘zini eshitib, investorning so‘zi bo‘ladi deb o‘ylashadi. Gap qo‘shma faoliyat haqida bormoqda, har bir qadam kelishilishi kerak. Foyda 50 ga 50.
Foyda olish uchun avvalo o‘zingizning 5 million dollaringizni qaytarib olishingiz kerak.
5 million dollarni qanday chiqarib olishimizni o‘tirib gaplashish kerak. Mening vazifam – investor topish. Investor bilan gaplasha olishim uchun men quyidagi savolga javob berishim kerak: ularning investitsiyalari qanday himoya qilinadi? Javob berishim uchun hokimlik yoki bog‘ maʼmuriyati bilan kelishib olishim kerak. Umuman olganda, pulni nazorat qilish va hisobga olish bog‘ga topshirilishi kerak, shunda barcha moliyaviy oqimlar bog‘dan o‘tadi va bog‘ investorga mablag‘ning 50 foizini beradi.
Davlatni investordan qanday himoya qilish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
Qanday qilib investor davlatni aldashi mumkin? Axir bu byudjet loyihasi emas
Daraxtlarni kesishi mumkin
Bog‘ga investitsiya kiritayotgan odam shunchaki tadbirkor emas. Ularning g‘oyalari, prinsiplari bor. Men O‘zbekiston tomoniman, investor tomoni emas. Men toshkentlikman, o‘z bog‘im uchun kurashaman... Hozir davlat qandaydir qaror qabul qilishini kutamiz. [Hokimlikka] nazorati hokimlikning o‘zida bo‘lgan 5 millionlik sarmoya taklif qilishyapti. Hech bo‘lmaganda qandaydir tarzda javob berish mumkin, hech bo‘lmaganda rad etish mumkin.
Bog‘ga sarmoya kiritilishini «Metsenatlik to‘g‘risida»gi qonun asosida bo‘lishini ko‘rib chiqayapsizmi?
Metsenatlik – bu xayriya, madaniyat va sanʼatga ixtisoslashgan yo‘nalish.
Do‘stlik bog‘i – madaniyat va istirohat bog‘i.
Ha, lekin biz dam olish sharoitlariga, keyin esa madaniyatga eʼtibor qaratdik. Bu qaytariladigan investitsiyalar mavzusi. Biz, masalan, barbir rassomlar pavilyonini qilishimiz mumkin. Lekin [qonunni qo‘llash] mexanizmi yo‘q. Hech qanday qonuniy asos yo‘q. Har qanday holatda, shartnoma kerak, muloqot bo‘lishi kerak. Ammo boshqa tomondan, sukunat.
Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov shahar va uning aholisi o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad – bog‘ni xalq bog‘i sifatida saqlab qolishga erishganini taʼkidladi. 2010 yildan mamlakatdagi madaniyat va istirohat bog‘larining boshqaruvi ularning o‘zlariga topshirildi va ular xo‘jalik boshqaruviga (o‘z-o‘zini taʼminlash – tahr.) o‘tkazildi. Vaholanki, shaharning yashil bog‘lari – ijtimoiy loyiha va sog‘liqni saqlashga kiritilayotgan sarmoyalar hisoblanadi, qoidaga ko‘ra, ularga qilinayotgan xarajatlar bog‘larni saqlash xarajatlaridan o‘n marotaba ko‘proq sanaladi.
Sokin bog‘lar hech qachon foyda keltirmaydi. Yaxshisi, parvarish uchun pul ajratishi uchun shahar hokimi bilan gaplashaman.
Hokimning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilda bog‘ni saqlash xarajatlari smetasi tuziladi. Unga qo‘riqlash, kommunal to‘lovlar, obodonlashtirish va bog‘ning boshqa xodimlari ish haqi, asbob-uskunalar sotib olish va boshqalar kiritiladi. Anvar Sayfutdinovning so‘zlariga ko‘ra, oylik xarajatlarning dastlabki miqdori 200-250 million so‘mni tashkil qiladi. Mablag‘ kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Bog'da nimalar qilingan?
Bog‘ning bosh xiyobonida markaziy darvozalar oralig‘idagi yo‘lak toshlari yangilandi. Ko‘rsatkichlar tez-tez uchraydi. Yangi chiroq ustunlari o‘rnatildi. Kechki vaqtlarda bog‘ning butun hududi yoritiladi. Ilgari bog‘ning Bratislava ko‘chasi tomonidan kirish qismi tunda doimo qorong‘u bo‘lardi.
Aholining iltimosiga qaramay, velosiped yo‘laklari piyodalar yo‘lagidan jismoniy to‘siq bilan ajratilmagan. Bu yerda, butun shaharda bo‘lgani kabi, veloyo‘laklar yorqin qizil rangga bo‘yalgan. Yo‘laklar kesishmalaridagi oqova ariqlar panjara bilan yopilmagan. Anvar Sayfutdinovning so‘zlariga ko‘ra, chorrahalardagi ariqlar temir qoplamalar bilan yopiladi.

Sayr yo‘laklariga beton quyib chiqilgan. Quruvchilar ularga yo‘lak toshlari shaklini berishga harakat qilishgan.
Tashlandiq joy o‘rnida kuzatuv maydonchali katta futbol maydoni paydo bo‘ldi. Mehmonlardan maydonda o‘ynash uchun haq olinadi. Maydon atrofida yugurish yo‘lagi bor. Dush, hojatxonalar, kiyim almashtirish xonalari, shuningdek, futbol maydoni yaqinidagi do‘kon qurilishi yakunlanmoqda. Uning chap tomonida yozgi kinoteatr quriladi, dedi tuman hokimi Anvar Sayfutdinov.

“Akvamarin” hovuzi bog‘ hududi ichida qoldi. Hokimning taʼkidlashicha, mazkur hudul avvalroq hovuz egasiga 49 yilga ijaraga berilgan. Stol tennisi o‘yini uchun maydoncha o‘z ijarachisini topadi, deya qo‘shimcha qildi Anvar Sayfutdinov. Bu yerda, avvalgidek, ushbu sport turi bo‘yicha turli darajadagi chempionatlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
“Sietl” bog‘ida yo‘lak toshlarini almashtirishmagan. Anvar Sayfutdinov ular sayqallab chiqilganini qayd etdi. Biroq granitning yuzasi hali ham notekis. “Gazeta.uz” o‘quvchilari bog‘ haqidagi oldingi materiallarga qoldirgan izohlarda “Sietl” bog‘i ijodkorlari bunday teksturani ataylab qoldirishgani – shu yo‘l bilan yo‘laklar sirpanchiq bo‘lmasligini aytishgandi.

“Sietl” bog‘idagi daraxtlar atrofidagi hovuzlar qo‘lda yasalgan plitkalar bilan qoplangan. Plitkalar amerikalik bolalar tomonidan shaharlar o‘rtasida qardosh shahar aloqalari o‘rnatilishi sharafiga tayyorlangan. Ularning ko‘pchiligi yaroqsiz holga kelgan. Rekonstruksiya loyihasi mualliflari dekorativ elementlarni asl nusxalarga iloji boricha yaqinroq holda tiklashga vaʼda berishdi. Anvar Sayfutdinov hokimlik tomonidan farg‘onalik kulolchilarga yangi koshinlar buyurtma qilinganini taʼkidladi. Shu bilan birga, yaxshi saqlangan asl namunalar qoldirilgan.

“Vaqt” haykaltaroshlik kompozitsiyasi qayta tiklandi. U tez-tez vandalizm hujumlariga duchor bo‘lgan edi. Qahramonlarning qo‘llarini doimiy ravishda sindirishgan. Suratlarga qaralsa, vandalizmga qarshi kurash hali kutilgan natijalarni berayotgani yo‘q.
Bog‘ning “Sietl” muzeyi yaqinidagi qismiga o‘rindiqlar o‘rnatilgan, ammo bu yerda birorta ham chiqindi idishi yo‘q. “Kapalak” ko‘lining tubi moviy va lojuvard tus berish uchun shu ranglardagi gidroizolyatsiya materiallari bilan qoplangan. “Gazeta.uz” muxbiri istirohat bog‘iga tashrif buyurgan kuni suvdagi moviy va lojuvard rangni kuzatishning imkoni bo‘lmadi.

Hovuzning Bratislava ko‘chasi tomonidagi qismida gidroizolyatsiyalash ishlari hali tugallanmagan. Materiallarni yetkazib berish logistik inqiroz tufayli kechikmoqda, dedi tuman hokimi Anvar Sayfutdinov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hovuz markazidagi orolda joylashgan restoran qaytadan quriladi. Restoran egasi tuman hokimligi bilan muzokaralar chog‘ida eski konstruksiyaning maʼnan eskirganligini tan oldi. U orolda zamonaviy inshoot qurish niyatida.

“Kapalak” ko‘li ustidagi ko‘prik qayta tiklandi. Ko‘prikning zinapoyalari g‘adir-budur qilingan, lekin uning tekis qismi juda sirpanchiq. Tuman rahbari bu xatoni to‘g‘rilab, “stopperlar” o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi.
Bog‘ning asosiy kamchiligi – ifloslik. Uning hududidagi aksariyat yo‘laklar maysazorlar bilan qariyb bir xil darajada yoki ulardan pastda. Natijada yog‘ingarchiliklardan so‘ng bog‘ bo‘ylab sayr qilish loy kechishga aylanadi.

Anvar Sayfutdinov gap o‘tlarning yo‘qligida ekanini taʼkidladi. Maysazorlar ko‘karib chiqsa, ularning ildizlari tuproqni tutib turadi. Aslida esa ushbu muammoning muhandislik yechimi allaqachon ishlab chiqilgan.
Ozgina saʼy-harakat bilan yo‘laklarni har qanday ob-havoda ham toza tutish mumkin bo‘ladi. Istirohat bog‘iga ko‘proq o‘rindiqlar, chiqindi qutilari o‘rnatilsa, bu yer haqiqatan ham aholi xohlaganidek, meʼmorlar vaʼda qilganidek, fuqarolar uchun sokin, salqin, toza va yoqimli dam olish maskaniga aylanadi.

«Qurilishda har doim xatolar bo‘ladi. Lekin biz asosiy maqsad – bog‘ni xalq uchun saqlab qolishga erishdik», — dedi Anvar Sayfutdinov.

Men esa asosiysi bog‘ni yam-yashil saqlash, deb hisoblayman. Chunki marhum otam aytganidek: «Tozalash juda oson; toza saqlash qiyin». Buni shaharsozlik bilan taqqoslaganda, daraxt ekish juda oson, uni yetishtirish qiyin ekani maʼlum bo‘ldi. Odamlarga yashil bog‘ni vaʼda qilish mumkin, ammo vaʼdaga vafo qilish ham kerak. Uni saqlab qolishga har birimiz intilsak, ehtimol, shahar tozaroq bo‘lar, kamroq odamlar og‘ir xastaliklarga chalinar, bolalar ota-onasidan ayrilmagan holda ulg‘ayishar.
Matnni Sabina Bakayeva tayyorladi.
Fotosuratlar mualliflari: Sabina Bakayeva / “Gazeta.uz”, Abdumanop Ziyayev, Nazima Davletova, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi.
“Gazeta.uz” internet-nashri saytida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi, u haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting