COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 310 050 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi, deb xabar bermoqda BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF axborot xizmati.

17 yanvar kuni aeroportda qabul qilib olingan vaksinalar 2022 yil hisobidan keltirilgan ikkinchi partiya hisoblanadi. Bundan oldin 10 yanvar kuni O‘zbekistonga yarim mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelingandi.

Cog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 49 846 818 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 3 500 460 dozasi Moderna;
  • 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40,6 mln doza vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi, deyiladi xabarda.