Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Minsk reysini amalga oshirayotgan samolyoti Minsk milliy aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.

Aeroport matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa taxminan soat 11:45 da kuchli qor yog‘ishi va bo‘ron paytida sodir bo‘lgan.

A320 samolyoti muvaffaqiyatli qo‘ndi, biroq boshqaruv paytida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi, deyiladi xabarda.

Samolyot bortida 115 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Hodisa oqibatida samolyotga zarar yetmagan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Hozirda voqea joyida tez yordam xizmati ishlamoqda.