17 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jomiy bozori tomonida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi.

FVVning ma’lumotiga ko‘ra, voqea soat 10:49 da Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan va bu haqda tuman FVBga xabar kelib tushgan.

6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:54 da yetib borib, yong‘in soat 11:24 da qurshab olingan hamda soat 11:54 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 350 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.