Andijondagi qimmatbaho 12 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Ekoqo‘mita

Andijon shahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatiga kiritilgan 12 tup Eldor qarag‘aylari noqonuniy ravishda kesilgan. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan deb baholab, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishini ma’lum qildi.

Antirekord yangilandi: 16 yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya davridan beri ilk marotaba 1037 kishida koronavirus aniqlandi, shuni yarmidan ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, bemorlarning yana 3 nafari vafot etdi.

XTV Samarqandda IT-tanlov g‘olibiga ishlatilgan noutbuk berilgan holatni o‘rganib, tuman hokim o‘rinbosariga hayfsan berdi

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi «Bir million dasturchi» tanlovida birinchi o‘rinni olgani uchun ishlatilgan noutbuk berilganini ma’lum qildi. Hokimlik esa o‘quvchi tuman bosqichida birinchi o‘rinni olgani uchun telefon bilan taqdirlaganini aytmoqda. XTV ishchi guruhi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish olib borib, rag‘batlantirishda mas’uliyatsizlik qilgani uchun Nurobod tumani hokimining o‘rinbosariga hayfsan berdi.

«Malika» savdo majmuasini Premium Prime Service qo‘lga kiritdi

Premium Prime Service kompaniyasi ommaviy savdo yakunlari bo‘yicha Toshkent shahridagi «Malika» savdo majmuasini qo‘lga kiritdi. Investorga 100 mlrd so‘m sarmoya kiritish va 250 ta yangi ish o‘rni yaratish majburiyati ham yuklatilgan.

Quadro IH DMCC «Poytaxt» biznes markazi egasiga aylandi

Birlashgan Arab Amirliklarining Quadro IH DMCC kompaniyasi «Poytaxt» biznes markazini sotib olish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘ldi. Bitim narxi — 164 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kompaniya shuningdek, 6 mln dollardan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish majburiyatini ham olgan.

Ulkan Mulk «Bildirsoy» dam olish maskanini sotib oldi

Mahalliy Ulkan Mulk kompaniyasi «Bildirsoy» dam olish maskanini kanat yo‘li bilan birga 107 mlrd so‘mga sotib oldi. Xaridorga daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilish majburiyati ham yuklatilgan.

Qashqadaryoda 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamaldi

Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari fuqaroning o‘g‘liga nogironlik nafaqasini chiqarib berishni va’da qilib, buning evaziga 500 ming so‘m pora olgani aytilmoqda. Kitob tuman sudi shifokorni aybli deb topib, unga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

O‘zbekistonga 310 ming dozadan ko‘proq Pfizer vaksinasi keltirildi

COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 310 050 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Mazkur turdagi vaksinalarning umumiy miqdori 2,6 mln dozaga yetdi.

Turizm sohasida yosh tadbirkorlarga 50 mln so‘mdan grantlar ajratiladi

Prezident farmoni bilan 1 maydan turizm sohasida yosh tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘m grant ajratiladi. Mablag‘lar O‘zbekistonga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan beriladi. Moliya vazirligi esa 11 oy davomida Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oy qo‘shimcha 2,5 mlrd so‘mdan yo‘naltiradi.

UzAuto Motors aksiyalari birjada sotuvga qo‘yiladi

Prezident qaroriga asosan UzAuto Motors va UzAuto Motors Powetrain jamiyatlarining 100 foiz aksiyasi fond birjasida sotuvga chiqariladi. Shuningdek, yana 6 ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

MIBning Andijon shahar bo‘limi xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limining ikki nafar xodimi fuqarodan sud qarori ijrosini ta’minlab berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta davomida yomg‘ir, ayrim joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning ilk uch kunida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, chorshanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Payshanba kuni quruq ob-havo kuzatilishi mumkin, biroq, juma kuni yana qor yog‘adi. Kechalari havo harorati -3 daraja sovuq, kunduzi esa +10 darajaga iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonga charter reyslarni amalga oshiruvchilarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi

Prezident farmoni bilan 2022 yilda boshqa mamlakatlardan charter reyslarni tashkil etuvchi turistik kompaniyalar va aviatashuvchilarga har bir xorijiy sayyoh uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori kamaytirildi.

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Eshpo‘latov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi

Toshkentning Yashnobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir (2005 y.t.) Spark mashinasida tezlikni oshirishi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir panjaraga urilgan. Buning oqibatida esa avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.