Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Eshquvvatov Sirojiddin Qorshibayevich Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

Mazkur tayinlovga qadar u Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Sirojiddin Eshquvvatov 1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Sirojiddin Eshquvvatov 2011 2014 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.