14 yanvar kuni soat 18:12 da Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishining «Turkiston» metro bekatida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tutun paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

«Кодну» / Telegram.

Stansiyadagi yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Jabrlanganlar yo‘q. Ayni vaqtda nosozliklar bartaraf etilgan, metropoliten harakati tiklandi, deb xabar qildi FFV.

Guvohlarning aytishicha, metro bekatiga beshta o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan. FFV yong‘in bo‘lmaganini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.