13 yanvar kuni soat taxminan 22:30da Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida harbiy texnika ko‘rgazmasida namoyish etilgan avtomobillardan biri yonib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan surat va videolar paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, yongan texnika Milliy gvardiyaning maxsus harbiy mashinasi bo‘lgan.

Yong‘in bir necha daqiqada o‘chirildi, jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda, deya ma’lum qildi Milliy gvardiya.

Payshanba kuni ochilgan ko‘rgazma Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan.