Aydar-Arnasoy" ko‘llar tizimi direksiyasini investorga ishonchli boshqaruvga topshirish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston prezidentining 13 yanvardagi qarorida (PQ-84) bu haqda so‘z boradi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi:

  • «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimining Arnasoy suv ombori hududida baliq ovlashga bir yil muddatga moratoriy e’lon qilish;
  • xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimida sho‘r suvda baliq zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha laboratoriya markazini tashkil etish;
  • «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi direksiyasi" DUKni qayta tashkil etgan holda uning ustav kapitalidagi davlat ulushini, kamida 30 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish,1 000 ta ish o‘rnini yaratish va 2025 yilga borib yiliga 20 mингтонна baliq ovlash uchun baliq zaxiralarini yaratish sharti bilan ishonchli boshqaruvga berish.

So‘nggi yillarda Chordara suv omboridan chuchuk suv Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga quyilayotgani yo‘q. Suv sathining kamayishi va uning tarkibining sho‘rlanishi natijasida qirg‘oqbo‘yidagi ba’zi hududlar 15−50 m ga chekinib, 15−20 sm gacha tuz qatlami hosil bo‘lgan, suvning minerallashuv darajasi keskin oshgan. Dekabr oyida senatorlar va Ekologiya davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari ekspertlarning fikricha, Orol taqdiri tahdid ostida turgan ekotizim muammolari haqida gapirgan edi.