«Tavhid va jihod katibasi» terroristik guruhi tarafdori xorijda ushlandi, deya xabar qilindi Davlat xavfsizlik xizmatining Xavfsizlik Telegram-kanalida.

1987 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan J. X. 2016−2021 yillarda mehnat migranti sifatida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik guruhi a’zolari bilan muloqotga kirishib, ularning ta’siriga tushib qoladi, deyiladi xabarda.

Natijada J.X. ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining «jihod»ga chorlovchi materiallarini o‘zining yaqin tanishlari orasida targ‘ib qila boshlaydi.

Shuningdek, u jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.