Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasining Moskva — Qarshi yo‘nalishida SB-I3313 reysini amalga oshirayotgan samolyoti seshanba kuni soat 13:42 da Urganch aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyotning favqulodda qo‘nishiga yo‘lovchilardan biri — Tojikiston fuqarosining tez tibbiy yordamga muhtojligi sabab bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak kishi ko‘richak xurujida shubha qilingan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Samolyotdan tushirilgan, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va Urganch tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Samolyot soat 02:31 da Qarshiga uchgan.