6 yanvar kuni Qozog‘iston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimov qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Tengrinews nashri.

«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimov va boshqa shaxslar qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Tergov manfaatlari uchun boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Nashrning yozishicha, ular Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan davlatga hiyonat qilish fakti bo‘yicha Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismi bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida ushlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Karim Masimov Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi lavozimida 2016 yildan buyon ishlab kelgan. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning farmoni bilan Karim Masimov 6 yanvar kuni iste’foga chiqarilgandi. Uning o‘rnini avval Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Yermek Sagimbayev egallagandi.