Qishloqdagi qish

Madina Aʼzam obyektivida

Tez-tez o‘chib turuvchi chiroq, pechdan taraladigan achchiq tutun isi, sovuq havoda o‘choqda tayyorlangan ovqat, sandal atrofidagi tushlik. Qishloq ahli qishni qanday o‘tkazishi — talabasi Madina Aʼzam fotohikoyasida.

Suratlar tavsifini o‘qish uchun ularning ustiga bosing.
O‘zbekistonliklar eshigini qahraton qish taqqilatganiga ham bir oydan oshdi. Qishning ziynati, tarovati, ayniqsa oppoqqina qori o‘zgacha.

Ammo qishloqdagilar qishni ko‘p ham orziqib kutmaydi. Chunki tez-tez o‘chib turadigan chiroq, pechdan chiqadigan achchiq tutun isi, yomg‘ir-qorli kunlarda tandir-u o‘choqda osh-ovqat tayyorlash havas bilan kutishga arzirli emas.

Qishloqdagilar bu mavsum uchun alohida hafsala bilan tadorik ko‘rishadi. Qish g‘amini yozda yeydilar.
Qishloqdagi bir xonadonning darvozaxonasi.
Odatda ko‘pchilik hayvon boqadiganlar pechga yoqish uchun qoplab tappi qilsa, ayrimlar qishda quruqqina yoqamiz deya, o‘tinxonani to‘ngaklarga to‘ldirishadi.

Mol-qo‘y boquvchi xonadondagilar esa oilaviy qishlaydigan xonasi bilan bir qatorda og‘ulxonani ham mavsumga mos taʼmirlaydi.
Pechga yoqish uchun tayyorlangan tappilar.
O‘g‘ulxonadagi o‘tin va pichan.
Xonadonning qish uchun ko‘mir zaxirasi.
Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi, deya ko‘p oilalar uydagi barcha derazalarga plyonka qoqib chiqsa, ayrimlar deraza oynalariga dasturxon, yupqaroq ko‘rpacha to‘sishadi.
реклама
реклама
Pechga yoqish uchun uyga o‘tin olib kirayotgan onaxon.
Kichik bo‘lishiga qaramay, dalada o‘tin to‘plab, uyiga kirayotgan bolakay.
O‘tin arralayotgan yosh bola.
«Qishki oshxona».
Sovuq bo‘lishi qaramay, tashqaridagi o‘choqda ovqat tayyorlayotgan ona.
Qishloqlardagi aksar xonadonlarda pech bilan bir qatorda sandaldan ham foydalaniladi. Qishloqdagi qishning sovug‘i ayniqsa nuroniylarni tanchaga chorlaydi. Keksalar bor har bir xonadonda sandalning to bahorgacha uy to‘rida turishi anʼanaga aylanib ulgurgan.
Sandal atrofida ovqatlanayotgan oila.
Sandal ichini yana-da isitish uchun cho‘g‘ni aralashtirayotgan qiz.
Elektr o‘chgani sababli qizaloq shamdan foydalanmoqda.
реклама
реклама
Qirovda qolgan poyabzallar va yuvilgan kiyimlar issiq pech yonida quritiladi.
Elektr o‘chgan vaqt xonani yoritish uchun yoqilgan shamlar.
Sandal atrofida tushlik qilayotgan oila.
Bahorga chiqib molxonadagi yem-xashaklaru, o‘tinxonadagi qop-qop tappilar va g‘amlangan ko‘mirning oxiri ko‘rina boshlaydi.

Yer yashil tusga kirib, oftob qizdira boshlaganida esa qishloqlik otaxon-u, onaxonlar «Bu qishdan ham omon chiqqanimizga shukur, omonliq-somonliq» deya maysalarni yuzlariga surishadi. Va yana ko‘p o‘tmay keyingi qishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydilar.
Pechdagi o‘tin-u tappilar yonib bo‘lgandan so‘ng hosil bo‘ladigan kul.
Odatda qishloqda kulni yerga o‘g‘it bo‘lishi uchun shudgorga sepishadi.
Material PressPhoto.Uz fotoagentligi
bilan hamkorlikda tayyorlandi
Suratlar muallifi: Madina Aʼzam.
Fotohikoya mualliflari o‘zlarining ishlariga havolalarni photo@gazeta.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin. Xatga syujetlar tavsifi, joyi, sanasi, muallifning to‘liq ismi va bog‘lanish uchun telefon raqamlarini kiritishni iltimos qilamiz.

Biz o‘z manbalarimizda ishlarni notijoriy asosda eʼlon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting