Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

Fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, aprel oyigacha «Ye-patrul» tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar joyida tekshirilishi ko‘zlangan. Strategiya loyihasida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar haqida xabar berish va ro‘yxatga olish uchun «Ye-huquqbuzarlik» yagona axborot tizimini tashkil etish ham taklif etilgan.

Urganchdan Oqtovga, Toshkentdan Olmaotaga, Nukusdan Aktobega parvozlar bekor qilindi

«Uzbekistan Airways» kompaniyasi 5 yanvar kuni Urganchdan Oqtovga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu Oqtov xalqaro aeroportining xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi bilan bog‘liq. Shuningdek, 6 yanvarga mo‘ljallangan Toshkentdan Olmaotaga, Nukusdan Aktobega parvozlar ham bekor qilingan.

O‘zbekistonda umra safarlariga tayyorgarlik boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022 yilgi umra sayohati mavsumiga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qildi. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Saudiya Arabistonidagi «Abu Sarhad» hamkor shirkati bilan bu haqda shartnoma imzoladi. Navbat asosida belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan, tegishli vaksinani olgan va Saudiya Arabistonining karantin talablarini bajargan fuqarolar tartib bilan safarga jo‘natiladi.

Buxoro viloyatida 270 MVt quvvatga ega IES ishga tushirildi

Buxoro viloyatida yangi 270 MVt quvvatga ega gaz porshenli IESning birinchi energiya bloki ishga tushirildi. IES Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan DXSH asosida qurilgan.

May oyidan beri yoshlarning 5,2 mlrd so‘mlik xalqaro imtihon xarajatlari kompensatsiya qilingan

1 maydan beri 2848 nafar yoshlarga xalqaro imtihonlar uchun xarajatlari kompensatsiya qilindi. Bunda jami 5 mlrd 218 mln so‘mdan ortiq xarajat qoplab berilgan. Kompensatsiya olganlarning qariyb 92% IELTS imtihonini topshirgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kompensatsiya Toshkent shahri yoshlariga to‘langan.

Davlat xizmatlari markazi xorijga chiqish pasportini berishni boshladi (ro‘yxat)

Endilikda ichki ishlar bo‘limlaridan tashqari, ayrim davlat xizmatlari markazlarida ham xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin. Yil oxiriga kelib, bunday imkoniyat barcha DXMlarda paydo bo‘ladi.

Jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining minimal stavkalari o‘zgardi

2022 yil 1 yanvardan boshlab binolar yoki avtomashinani ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari Kengashlari stavkalariga oshirish koeffitsiyentlarini qo‘llash huquqini saqlab qoldi.

Talabalar qulayligi uchun qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways kompaniyasi talabalarga qulaylik yaratish uchun 7−9 yanvar kunlari Urganch, Buxoro, Namangan, Qarshi va Nukus shaharlaridan Toshkentga qo‘shimcha reyslar tashkillashtiradi.