1960-1990-yillarda
O‘zbekistonda Yangi yil
qanday nishonlangan?
Foto: Prezident archasi. Toshkent, 1999-yil.
Bolalar bog‘chasi va bolalar uylaridagi bazmlar, sanʼatkorlarning televideniyedagi chiqishlari, Prezident archasi. “Gazeta.uz” so‘roviga binoan Kinofotofonohujjatlar milliy arxivi tahririyatga
1960-1990-yillarda mamlakatda Yangi yil qanday nishonlangani aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Suratlarning tasnifini o‘qish uchun ularning ustiga bosing.

Namangan abra matolar ipak kombinatining “Bulbulcha” bolalar bog‘chasida Yangi yil archasi, 1978-yil

Yunusoboddagi 21-bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Yangi yil dasturxoni atrofida, 1994-yil

реклама
реклама

Yangi yil bazmi teleko‘rsatuvida Kozim Qayumovning chiqishi. Toshkent, 1994-yil

Yangi yil bazmi teleko‘rsatuvida xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov (chapda) va qiziqchi Mirzabek Xolmedov. Toshkent, 1994-yil

O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaning chiqishi. Toshkent, 1994-yil

Yangi yil bazmi teleko‘rsatuvida Mansur Toshmatovning chiqishi. Toshkent, 1994-yil

O‘zbekiston televideniyesi Yangi yil bayrami dasturini namoyish etish chog‘ida. Toshkent, 1995-yil

Qiziqchi Obid Asomov O‘zbekiston televideniyesining «Yangi yil bazmi» teledasturida chiqish chog‘ida. Toshkent, 1995-yil

реклама
реклама

Toshkent davlat sirki jamoasi Yangi yil dasturini namoyish qilish chog‘ida, 1996-yil

“Turkiston” sanʼat saroyidagi Prezident archasi tantanalaridan lavha. Toshkent, 1998-yil

“Turkiston” saroyidagi Prezident archasi, 1999-yil


Fotosuratlar Kinofotofonohujjatlar milliy arxiviga tegishli.
Materiallarni eʼlon qilish huquqi “Gazeta.uz” tomonidan sotib olingan. www.gazeta.uz saytiga joylashtirilgan hamda “Gazeta.uz” va uchinchi shaxslarga tegishli foto-, grafik va boshqa materiallardan
har qanday ko‘rinishda foydalanish taqiqlanadi.
“Gazeta.uz” internet-nashri saytida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi, u haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz?
O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting