Toshkent shahar IIBB 1 yanvar kuni «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida erta tongda o‘t o‘chirgichni yoqib yuborgan fuqarolarning shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi. Avvalroq, o‘t o‘chirgich portlab, 3 kishi jiddiy tan jarohatlari olgani haqida yozgandik (shahar IIBB 2 kishi jarohatlanganini xabar qildi).

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar I.A., U.M., A.L., Z.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 250-moddasi (portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov olib borilmoqda.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda pirotexnika buyumlarini sotish va ulardan foydalanish taqiqlanganiga qaramasdan, Toshkentda erta tongacha mushakbozliklar davom etdi.