O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 2 nafar elchilari tayinlandi. Bu haqda Nigoh telegram kanali xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi. U 2020 yilning fevral oyidan beri TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Farhod Arziyev 2017 yildan O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi, 2019 yil martidan boshlab, bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Bangladeshdagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Oldinroq, O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Otabek Akbarov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Gretsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.

Otabek Akbarov 2018 yildan beri O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritadi.