O‘zbekistonda Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil etildi. Universitet Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021 yil 11 dekabrda taqdim etilgan litsenziyaga ega. Universitet ochilishi to‘g‘risida Vazirlar mahkamasining qarori loyihasida aytilgan edi.

Universitet 2021−2022 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganligini e’lon qiladi.

O‘qish 2022 yil fevralda boshlanadi va sentabrgacha davom etadi. Shu tariqa, talaba 2022 yil oktabr oyida ikkinchi kursga o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Universitetda o‘qitish o‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi.

Mavjud bo‘lgan ta’lim shakllari:

  • kunduzgi;
  • kunduzgi (uchinchi smena);
  • sirtqi.

Toshkent amaliy fanlar universitetining asosiy maqsadi

Toshkent amaliy fanlar universiteti oliy ta’limda ham, professional sohada ham xalqaro universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega.

Universitetning O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan QS World University Rankings va The Times Higher Education World University Rankings reytinglaridagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi Grinvich universiteti, Markaziy Lankashir universiteti (Buyuk Britaniya) hamda boshqa yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.

Universitetning asosiy vazifasi talabalar orasida kasbiy mahoratni rivojlantirishdan iborat. Natijada ular bitiruvchi sifatida eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalardan biriga qabul qilinishlari uchun o‘zlarining rezyumelarida barcha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


Toshkent amaliy fanlar universiteti qabuliga abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:

  • Iqtisodiyot fakulteti (umumta’lim). Talabalar ikkinchi kursdan quyidagi yo‘nalishlarga o‘tishlari mumkin:
    • iqtisodiyot;
    • moliya;
    • buxgalteriya hisobi va audit;
    • bank ishi.
  • Pedagogika va psixologiya (umumta’lim) fakulteti. Talabalar ikkinchi kursdan quyidagi yo‘nalishlarga o‘tishlari mumkin:

    • pedagogika va psixologiya;
    • boshlang‘ich ta’lim;
    • maktabgacha ta’lim.

O‘qish narxlari:

  • iqtisodiyot fakulteti, kunduzgi va uchinchi smena: bir semestr uchun 9,9 mln so‘m;
  • iqtisodiyot fakulteti, sirtqi: bir semestr uchun 7,4 mln so‘m;
  • pedagogika va psixologiya fakulteti, kunduzgi: bir semestr uchun 8,4 mln so‘m;
  • pedagogika va psixologiya fakulteti, sirtqi: bir semestr uchun 6,4 mln so‘m.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda 2022 yil 28 yanvargacha davom etadi.

Hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirish mumkin.

Manzil: Chilonzor tumani, Gavxar ko‘chasi, 1 uy.

Telefon: (+998) 71−200−05−40.

Sayt: utas.uz
Telegram: t.me/utasuz
Instagram: @utas.uz

Reklama huquqlari asosida.