11 oy mobaynida O‘zbekiston Qozog‘istonga 28,6 mingdan ortiq yengil avtomobil import qilgan, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi. Bu ko‘rsatkich umumiy yengil avtomobil eksportining 94,47 foizi hisoblanadi.

2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Qozog‘istondan keyin eng ko‘p yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Ukraina — 744 ta;
  • Rossiya — 448 ta;
  • Ozarbayjon — 253 ta;
  • Afg‘oniston — 128 ta;
  • Tojikiston — 72 ta;
  • Qirg‘iziston — 30 ta.

Yil boshidan 9 oy davomida UzAuto Motors kompaniyasi 25 mingdan ortiq avtomobil eksport qilgan. Ushbu davrda eksprot qilingan barcha mashinalarning deyarli 96 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelgan. Shu davrda O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln dollarga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobil eksport qilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonga 11 oy davomida qiymati 502,8 mln dollarga teng bo‘lgan 23 mingdan ziyod yengil avtomobil import qilindi. Xususan, xorijdan 13,8 mln dollarga 689 ta elektromobil keltirilgani haqida ma’lum qilingandi.

Shuningdek, qiymati jihatidan O‘zbekiston avtomobillar importi eksportga qaraganda deyarli 1,5 barobarga ko‘proq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 194 mln dollarga yengil avtomobil eksport qilgani haqida xabar berilgandi.