O‘zbekiston prezidenti Shavka Mirziyoyev shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Bundan tashqari, prezident ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadi.

17 yoshli Nodirbek Abdusattorov 28 dekabr kuni Varshavada bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempionatida g‘alaba qozonib, turnir tarixidagi eng yosh chempion bo‘lgandi.