O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati. U 47 yoshda edi, bunga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

U terma jamoadagi faoliyati davomida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol kiritgan.

Nikolay Shirshov 1974 yilning 22 iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zining faoliyatini 1991 yilda «Sverdlovets» klubida (Toshkent viloyati) boshlagan. Keyingi 8 mavsumni O‘zbekiston chempionatida o‘tkazgan va asosan «Paxtakor» safida to‘p surib, 159 o‘yinda 16 ta gol kiritgan.

Foto: Kun.uz.

U 1996−2005 yillar mobaynida O‘zbekiston milliy termasi jamoa safida o‘yin o‘tkazgan. Shirshov 1996 yilning 19 noyabr kuni BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:2) debyut qilgan edi.

Nikolay Shirshov Rostov klubida 5 yil davomida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. So‘nggi yillarda Rostov viloyatida yashab, klubda faoliyat yuritayotgan edi.