O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqin kunlarda olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan ochiq muloqoti uchun aholi va soha mutaxassislaridan 4514 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ochiq muloqot uchun maxsus 1295 raqamli «Call-markaz» ishga tushirilgan. Yo‘llanayotgan murojaatlar yo‘nalishlarga qarab toifalarga ajratilmoqda. Xususan, shu vaqtga qadar kelib tushgan murojaatlarning:

  • 1309 tasi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga;
  • 218 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga;
  • 188 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga;
  • 102 tasi oliy tibbiy ta’limga daxldor.

Avvalroq vazirlik bu murojaatlarning aksariyati «Call-markaz»ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishini aytgandi.