27 dekabr, dushanba kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100 nafarni tashkil etdi (avvalgi kun 145 kishi edi). Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bu joriy yilning 15 martidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. O‘shanda 65 kishida kasallik aniqlangan edi.

Shundan keyin kunlik aniqlangan holatlar soni 100 tadan pastga tushmagandi. Aprel oyida kasallanish taxminan 200 tadan deyarli 450 taga ko‘paydi. May oyida maksimal ko‘rsatkich 452 (5 may), iyunda — 546 (25 iyun), iyulda — 924 (30 iyul), avgustda — 974 (5 avgust), sentabrda — 736 (1 sentabr, oy oxiriga kelib esa pasayish kuzatildi), oktabrda — 487 (6 oktabr), noyabrda — 294 (11 noyabr), dekabrda — 278 (10 dekabr) tani tashkil etdi.

2020 yilning mart oyida pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan COVID-19 ga chalinish holatlarining umumiy soni 198 487 taga yetdi. Undan vafot etganlar soni 1484 nafarni tashkil etadi (27 dekabr kuni — 3 ta holat).

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 38,6 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan, shu jumladan, 18,7 mlndan ortiq kishi birinchi dozani (emlanishi kerak bo‘lgan aholining 87,4 foizi), 13,2 mln nafari ikkinchi va 6,6 mln nafari uchinchi dozani olgan. Vaksinatsiyaning to‘liq kursi emlanishi kerak bo‘lgan aholining 61,9 foizida yakunlandi.

Shuningdek, 27 dekabr holatiga ko‘ra, respublikada 607 083 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.