26 dekabr kuni soat 11:00 dan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga ushbu avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi sabab bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib bo‘lamiz, 13 dekabr kuni ham ob-havo o‘zgarib, qor yog‘ishda davom etayotganligi sababli Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.