DXX xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman xalq ta’limi mutaxassis pora bilan qo‘lga olindi.

Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi A.Sh. «L.S.» MCHJ tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan 300 mln so‘mlik joriy ta’mirlash ishlarini bajarilgani haqidagi dalolatnomani XTB mudiriga tasdiqlatib berishiga ishontirgan. Buning evaziga esa 2000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.