Paymart — 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda faoliyatini yuritib kelayotgan hamda mijozlari uchun qulay sharoitlar va bonuslarni taqdim etayotgan, tez rivojlanayotgan muddatli to‘lov xizmatidir. Paymart mijozlari har doim o‘z to‘lovlaridan xabardor bo‘lib, hech qachon ortiqcha to‘lovlar qilishmaydi.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab Paymart hamkorlik tarmog‘ida 500 dan ortiq do‘konlar, shu jumladan maishiy va raqamli texnika, uy va ofis uchun jihozlar, tekstil mahsulotlari do‘konlari va turli xil boshqa magazinlar mavjud. Paymart o‘z mijozlarining vaqtini qadrlaydi va aynan shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish va mahsulotlarni sotib olish jarayoni qisqartirilgan — bunga atigi uch daqiqa vaqt ketadi. Paymart bilan siz o‘zingizga kerak bo‘lgan barcha mahsulotlarni tez va o‘zingizga qulay shartlarda sotib olishingiz mumkin.

Paymart muddatli to‘lovidan qanday foydalanish mumkin

Paymart`ga a’zo bo‘lish juda oson. Buning uchun faqat paymart.uz sayti yoki App Store va Google Play`da mavjud bo‘lgan rasmiy ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish yetarlidir. Shuningdek, Paymart`ning ko‘plab hamkorlari do‘konlarida sotuvchilar sizni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga faqat pasport, to‘lov kartasi va telefon raqamingiz kerak bo‘ladi.

Paymart tizimining yangi foydalanuvchilari uchun muddatli to‘lov uchun belgilangan limit — 15 mln so‘mgachadir. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng tizim darhol ajratilgan mablag‘lar miqdorini aniqlaydi. Bu miqdorni siz o‘zingizning shaxsiy kabinetingizda va mobil telefoningizga keladigan SMS-xabar orqali darhol bilib olishingiz mumkin. Shundan so‘ng siz boshlang‘ich to‘lovlarsiz shartnomani rasmiylashtirib, mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Muddati kelgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun Paymart ofisiga, bankga yoki do‘konga borishingiz shart emas. Mablag‘larni avtomatik ravishda shartnoma to‘lovlari uchun yo‘naltirish imkoniyati mavjud. Paymart`da hech qanday yashirin to‘lovlar, jarimalar yoki penyalar yo‘q. Paymart orqali xarid qilganingizda siz doimo qancha pul qarz bo‘lganingizni va to‘lovning oxirgi kunini aniq bilasiz.

Bonuslar tizimi

Paymart har bir mijozini qadrlaydi va buni turli xil imtiyozlar bilan tasdiqlab keladi. Paymart doimiy mijozlar uchun darajaga asoslangan bonus tizimini yo‘lga qo‘ygan. Sizning bonus darajangiz muddatli to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganingizda ko‘tariladi va natijada siz quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lasiz:

  • maksimal to‘lov muddati 15 oygacha bo‘ladi;
  • muddatli to‘lov limiti 26 mln so‘mgacha ko‘tariladi;
  • barcha mahsulotlar va xizmatlar uchun chegirmalar 6% gacha oshadi.

Paymart`dan aksiyalar

Paymart kompaniyasi doimiy ravishda ajoyib yutuqli o‘yinlarni, turli xil aksiyalarni o‘tkazib kelmoqda. Hozirning o‘zida muddatli to‘lovni o‘z vaqtida to‘lagan mijozlar har oy qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, uchta Chevrolet Spart avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladigan aksiya o‘tkazilmoqda.


Muddatli to‘lovni o‘z vaqtida to‘lab, siz avtomatik ravishda har oylik aksiyaning ishtirokchisiga aylanasiz. Hammasi juda oson. 26 noyabrda Riviera savdo markazida birinchi yutuqli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Omadlilar yangi muzlatgichlar, televizorlar, kir yuvish mashinalari, smartfonlar va boshqa sovg‘alar yutib olishdi.


Paymart o‘zining bo‘lajak va joriy mijozlarini 26 dekabr kuni Mirobod MEDIAPARK Bozori maishiy texnika va elektronika do‘konida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yutuqli o‘yinida kutmoqda. Paymart`ning ushbu aksiyasi an’anaga aylanadi va har oy yanada ko‘proq odamlar g‘olib bo‘lishadi.


2022 yil iyun oyidan boshlab har ikki oyda bittadan Chevrolet Spark avtomobillari o‘ynaladi va ushbu tanlovda to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirayotgan barcha Paymart mijozlari g‘olib bo‘lishlari mumkin.


Bu ham hali hammasi emas. Paymart o‘z hamkorlari bilan birgalikda muntazam ravishda turli xil aksiyalarni tashkil qilib kelmoqda. Paymart aksiyalarida qatnashib muddatli to‘lov shartlari asosida turli xil mahsulotlarni o‘zingizga foydali va qulay shartlarda xarid qilishingiz mumkin.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.


Paymart — halol muddatli to‘lov xizmati

Paymart muddatli to‘lov tizimi shariat qoidalariga rioya qilgan holda xizmatlar ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, barcha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ochiqligi va halolligini anglatadi.

Yangi aksiyalar va Paymart yangiliklaridan paymart.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin.

«Paymart — siz sotib olasiz, biz to‘laymiz».

Sayt: paymart.uz
Facebook: fb.com/paymart.uz
Instagram:@paymart.uz
Telegram: t.me/paymartuzb

Reklama huquqlari asosida.