Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga 28 dekabrdan 10 yanvargacha Uzbekistan Airways tomonidan chegirma taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, talabalarga ichki aviaqatnovlar uchun chiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin OTM bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilangandi.