17 dekabr kunidan boshlab «O‘zbekneftgaz»ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida «AI-80» markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, 1 litr yoqilg‘i 6500 so‘m narxida sotuvga chiqarildi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, buning jamiyat raisining topshirig‘iga asosan, «Ishchi guruh"lar tuzilgan va neft mahsulotlarining iste’molchilarga yetkazib berilishi to‘liq nazoratga olingan.

Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida «O‘zbekneftgaz», Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va «Tovar xomashyo birjasi» hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Respublika hududidagi kompaniyaga tegishli barcha AYOQSHlarda benzin arzonlashtirilgan narxda sotilishi ta’minlangani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurashishi qo‘mitasi benzin narxining oshish sabablari va narxni tushirish bo‘yicha rejalari haqida ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli shoxobchalarda 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz»ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.

Davlat statistika qo‘mitasining sentabr oyi ma’lumотlarиga ko‘ra, yil boshidan beri benzin narxi 28,2 foizga, propan esa — 27,3 foizga oshgan.

oktabr oyida Ai-91 narxi 9400 so‘mga, Ai-92 — 9100 so‘mgacha, Ai-95 — 11200 so‘mgacha ko‘tarilgan edi.

O‘zbekistonga yoqilg‘i asosan Rossiya (139 million litr), Turkmaniston (121 million), Qozog‘iston (16 million) va Iroqdan (3,6 million) import qilinadi.