«O‘zbekiston pochtasi» rebrendingni boshladi. Pochtani qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi rebrending jarayonini boshlaganini ma’lum qildi. Kompaniya pochta uchun yangi logistika tizimini, o‘zining marketpleysi va to‘lov tizimlarini joriy qilgan. Endilikda mijozlar o‘z jo‘natmalarining holatini onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Brendning yangi nomi, pochta mijozlari uchun yaratilgan qulayliklar, kutilayotgan o‘zgarishlar haqida «Gazeta.uz» reportajida.

Rossiyadagi mehnat migrantlari oyiga o‘rtacha 47,1 ming rubl ishlab topadi — RMF

Rossiya migrantlar federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik daromadi 47,1 ming rublni (6,9 mln so‘m) tashkil etadi. Rus tilini bilish darajasiga qarab, ish haqi 12 ming rublgacha farq qilishi mumkin. Migrantlar uchun qurilish hamda transport-logistika tarmoqlari eng daromadli deb topilgan. Eng kam ish haqi esa qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan muhojirlarga to‘lanadi.

«Qo‘yliq» ma’muriyati bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqidagi xabarlarni rad etdi

«Qo‘yliq» dehqon bozori direktori o‘rinbosari Qodirjon Normirzayev bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmaganini, shu bois u buzilmasligini ma’lum qildi. Biroq, sotuvchilar va ishchilar Food City`ga ko‘chish, aks holda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirish xatlarini olishgan. Ma’muriyat esa bundan xabari yo‘qligini aytmoqda.

Toshkent viloyatida «daftar» larda turgan yoshlarga 5531 gektar yer ajratiladi

Toshkent viloyatida «daftar» larda ro‘yxatda turgan 38 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 15 ta tumandan jami 5531 gektar yer maydoni ajratiladi.

Moskvadagi turnirda o‘zbekistonlik sportchi ommaviy janjal kelib chiqishiga sabab bo‘ldi

Moskvada bo‘lib o‘tgan WEF ligasi turnirida o‘zbekistonlik sportchi jang boshlanmasdan oldin qirg‘izistonlik raqibiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Prokuratura kesilgan daraxtzor uchun to‘langan 1,89 mlrd so‘mni Ekoqo‘mga o‘tkazmadi — deputat

2020 yil fevral oyida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan qariyb 2 milliard so‘m undirilgan edi. Departament bu pullarni Ekologiya davlat qo‘mitasiga o‘tkazishi kerak edi, biroq haligacha o‘z hisobida saqlab kelmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Biroz vaqt o‘tgach, u o‘z postini o‘chirib tashladi.

Toshkent shahrida bir qator IIO xodimlari ishdan olindi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Chilonzor, Yangihayot va Shayxontohur tumanlari FMB boshlig‘i o‘rinbosarlarini ishdan oldi. Sergeli tuman IIO FMB rahbariyati intizomiy jazoga tortildi.

Mehnat migrantlari daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi mumkin

«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparat xodimlarining 40 foizini ishdan bo‘shatdi

SSV tibbiyot sohasidagi muammolar tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan, professional va ijodkor kadrlarning yetishmasligi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Shuni hisobga olib, vazirlik markaziy apparati xodimlarining 40 foizi ishdan bo‘shatildi. Ularga quyi bosqichdagi tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi. Kadrlar islohoti vazirlikning boshqa bo‘g‘inlariga ham ta’sir qiladi