Janubiy Koreya Shimoliy Koreya, Xitoy va AQSh bilan 1950−1953 yillardagi Koreya urushi yakuniga yetgani haqida e’lon qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda respublika rahbari Mun Chje In ma’lum qildi, deya xabar berdi «Bi-bi-si»

Biroq Shimoliy Koreya bilan muzokaralar hali boshlangani yo‘q, deya qo‘shimcha qildi u. sentabrda Shimoiy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning opasi Kim Yo Chjon Pxenyan AQSh uning ta’biri bilan aytganda «dushmanona siyosati»dan voz kechgan taqdirdagina muloqotga kirishishga rozi bo‘lishini bildirgan edi.

1950−1953 yillarda davom etgan Koreya urushi tinchlik kelishuvi emas, balki yarashuv bilan yakunlangan. Texnik tomondan Shimoiy va Janubiy Koreya haligacha urush va keskin munosabatlar holatida — ularni mos ravishda Xitoy va AQSh qo‘llab-quvvatlab turadi.

«Shu boisdan biz deklaratsiya bo‘yicha muhokamalar va muzokaralar uchun o‘tira olmaymiz. Umid qilamizki, muzokaralar boshlanadi», — deya qayd etdi Mun Chje In.

Avvalroq AQSh Shimoliy Koreya bilan qurolli mojaro boshlanishi ehtimolini baholagan edi. Pentagonning fikricha, KXDR bilan to‘satdan qurolli mojaro boshlanishi ehtimoli o‘ta past. Ushbu baho Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milliye tomonidan Aspen institutining xavfsizlik bo‘yicha yillik forumida berilgan edi.