Ob-havo o‘zgarib, qor yog‘ishda davom etayotganligi sababli Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berishicha, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida dovon yopilgan.

Avvalroq, 16−17 noyabr kunlari O‘zbekiston hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilayotgani haqida yozgandik. Hafta boshida respublika bo‘yicha shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati harorat kechalari 5−8 gradus sovuqgacha, kunduz kunlari 0−3 gradus iliqgacha bo‘ladi.