«Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi 9 dekabrdan boshlab qo‘shimcha ravishda haftaning payshanba kunlari ham qatnovni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ.

Poyezd 16, 23, 30 dekabr kunlari amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

Qatnov Toshkent markaziy hamda Andijon temir yo‘l vokzallaridan yo‘lga qo‘yiladi.