Foto: Metronoise
Avtomobil durdonalari –
Damir Bakirov obyektivida
Marketologlar emas, muhandislar tomonidan loyihalashtirilgan noyob avtomobilni suratga olish dizayner va avtomobillar ishqibozi Damir Bakirov uchun katta topilma. “Gazeta.uz” fotosuratchining eng sara ishlarini to‘plab, uning o‘z “qahramon”larini qanday tanlashini bilib oldi.
Damir Bakirov
marketing agentligi dizayneri
Bolaligimdan, aniqrog‘i, 5-sinfligimdan suratga olishni boshlaganman. Odatda do‘stlarimni to‘y limuzinlari oldida suratga olardim, keyin esa ulardan meni rasmga olib qo‘yishlarini iltimos qilardim. DSLR fotoapparatini 2015-yilda ish bo‘yicha baʼzi predmetlarni suratga olish uchun xarid qilganman. Materiallardan kollaj yaratardim, keyin ular saytga joylanardi. Shu orqali bu mashg‘ulotni sevib qoldim.
Fotosuratlarni kattalashtirish uchun ularning ustiga bosing.
“FED-3” plyonkali kamerada suratga olingan.
Ayniqsa, 1990-yillarga qadar ishlab chiqarilgan mashinalarga qiziqaman. O‘sha vaqtlarda “millionnik”, yaʼni million kilometr masofani bosib o‘tadigan mashina kabi tushunchalar urfga kirgan edi.

Bunday mashinalarni loyihalashtirishga ko‘p pul va uzoq vaqt sarflanardi. Zavoddan mukammal avtomobil chiqishi uchun mashinani sotuvga chiqarishdan oldin u sinovdan o‘tkazilardi, unda yurib ko‘rilardi.
Ayrim avtomobillar egalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga havolalar material oxirida ko‘rsatilgan.
Hozir “millionnik” degan tushuncha mavjudmi? Bugungi kunda mashinalar bir necha yilga sotib olinishini ko‘ryapman. Bir so‘z bilan aytganda, ular «besh yillik mashinalar». Ularni loyihalashtirishda so‘nggi so‘zni marketologlar aytishadi. Avtomobillar bir xil yurg‘izuvchilarda, bir xil dvigatellarda yaratilmoqda - xarajatlarni kamaytirish va xaridorni bir-ikki yil ichida qaytarish uchun ular soddalashtirilmoqda, chunki “abadiy” mashina yaratishdan naf yo‘q.
Men taraqqiyot yoki texnologiya rivojlanishiga qarshi emasman. Ammo “millionnik” - bu, odatda, ko‘plab mutaxassislar tomonidan loyihalashtirilgan mashina hisoblanadi. Uni boshidan qulay, ishonchli va chiroyli qilib yaratishgan. Bunday mashinaning dizayni ko‘p yillar davomida dolzarb bo‘lib qolaveradi.
BMW E39
Eʼlonlar taxtasi uchun suratga olingan, lekin egasi uni sotish fikridan qaytgan
BMW E39
BMW E36
Ikki eshikli kamyob kupe kuzovi namunasi
BMW E36
Bunday “abadiy” mashinalarning har bir detalini taʼmirlash mumkin. Zamonaviy avtomobillarning qismlari odatda taʼmirlanmaydi va faqat almashtirilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, biz katta hajmdagi almashtirishga tobora yaqinlashib bormoqdamiz.
Mening fotosuratlarimda siz mukammal yoki deyarli mukammal holatda saqlanib qolgan mashhur avtomobillarni topishingiz mumkin. Ular orasida mahalliy GAZ-21 “Volga”, ZIM GAZ-12, GAZ-14 “Chayka” va xorijiy Mercedes-Benz W116, W126, W124, BMW E38, E36, E30 va boshqalar bor.
реклама
реклама
Odamlar bu mashinalarini jonu-dilidan ortiq ko‘rishadi. Bular mening eʼtiborim va hurmatimga loyiq avtosanoatning durdonalari.
Retro avtomobillar ko‘rgazmasidagi noyob “Moskvich-408”
Retro avtomobillar ko‘rgazmasidagi Ij “Moskvich-412”
Ushbu avtomobillarni bunday holatda saqlash qiyin va ancha xarajat talab qiladi. Aynan shuning uchun ularning egalariga alohida hurmat izhor qilish mumkin.
GAZ-21 “Volga”
retro.uz klubining tug‘ilgan kuni munosabati bilan retro avtomobillar ko‘rgazmasi
GAZ-21 “Volga”
GAZ-13 “Chayka” retro avtomobillar ko‘rgazmasida
Avtomat korobka uzatmali
“Chayka”ning saloni
Richaglar bilan emas, tugmalar bilan boshqariladi
Bolaligimda Ikarus avtobuslari va RAF marshrutkalarida yurardim. Bu marshrutkalardagi eng zo‘r joylar orqa qatorlar edi, chunki u yerda deraza kengroq ochilardi. Ushbu transport to‘g‘risidagi xotiralar meni Sovet avtomobil sanoatining klassikalarini suratga olishga undadi. Shuning uchun men “Volga” va “Jiguli”larni suratga olishni boshladim.
“PAZ-672” avtobusi
Uning afzalligi panoramali oynalarida. Quyosh nurlari yo‘lovchilar ko‘zini qamashtirmasligi uchun oynalar qoraytirib qo‘yilardi. Sovet davrida oynalarning zavodda “tonirovka” qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega edi.
Men yuk ortilgan mashinalarni suratga olishni ham yaxshi ko‘raman. Menda fakturali, epik va ko‘tarinkilikka to‘la ustiga gilam ortilgan matizning surati mavjud.
“Volga” juda chidamli mashina qilib yaratilgan. Shuning uchun bu mashinadan hatto yuk ortish uchun ham foydalaniladi. Zamonaviy mashinaga bunday og‘irlikdagi yuk ortilsa u gugurt cho‘pi kabi sinib ketadi.
Avtomobilda odamlarga xos komplekslar mavjud emas, shuning uchun ham uni suratga olish oson. Mashinaning atrofidagi muhit qiziq bo‘lmasa, uni istaga joyingizga ko‘chirishingiz ham mumkin. Men bu mashinalarni suratga olish uchun pul olmayman. Chiroyli mashinani suratga olishning o‘zi men uchun eng yaxshi mukofotdir.

Baʼzida avtomobil egalari mening meʼzonlarimga to‘g‘ri kelmaydigan mashinalarni suratga olishimni so‘rashadi. Masalan, UzAuto avtomobillarini. Bunday hollarda men qiziqarli manzilni topishni so‘rayman, shunda surat manzara hisobiga qiziqroq va ko‘rkamroq chiqadi.
Men nafaqat avtomobillarni, balki tarixni – yaqin kelajakda yo‘qolib ketadigan narsalarni suratga olishni yaxshi ko‘raman. Men o‘zimni fotografiya sohasida chegaralab qo‘yishni yoqtirmayman, shuning uchun mening suratlarimda odamlarni ham, arxitekturani ham, tasodifiy voqealarni ham ko‘rish mumkin.

Ko‘cha fotosuratlari janriga sekin-asta kirishib ketdim. U menga ovni eslatadi, bu ovda o‘lja – takrorlab bo‘lmaydigan noyob kadr.

Fotografiya sohasidagi rivojlanishimni ishlarimning National Geographic, LensWork, Eyemazing kabi yirik jurnallar muqovasida chop etilishida ko‘ryapman.
реклама
реклама
Avtomobil egalari
BMW E36
Instagram
Oq VAZ-2101 “Jiguli” egasi
Instagram
Yashil VAZ-2106 “Jiguli” egasi
Instagram
Porsche 924 egasi
Instagram
Metronoise
Fotosuratlar muallifi
Instagram
Fotosuratlar muallifi Damir Bakirov.

“Gazeta.uz” internet-nashriga joylashtirilgan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi, ularni boshqalar bilan bo‘lishishni xohlaysizmi? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting