Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlar qanday mashinada yurishadi?

«Gazeta.uz» yirik vazirlik va idoralarning xizmat avtomashinalari parkini tahlil qilib, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari qanday avtomobillardan foydalanishini aniqladi. Vazirlar orasida Mercedes-Benz, ularning o‘rinbosarlari orasida esa Malibu va Captiva eng ommabop avtomobil bo‘lib chiqdi. Hokimlar eng ko‘p Toyota avtomobillarida yurishar ekan.

Konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahkum afv etildi

Prezident farmoni bilan Konstitutsiya kuni arafasida bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 182 nafar mahkum afv etildi.

Prezident Konstitutsiyaga qator o‘zgartishlar kiritishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi. U inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizim samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyada bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari ham o‘z aksini topishi kerakligini ta’kidladi.

Denovdagi portlash oqibatida 9 kishi jarohatlanib, ikki kishi halok bo‘ldi

Erta tongda Surxondaryodagi «Indenim» savdo majmuasida chaqnash sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida bino ichida bo‘lgan 9 kishi jarohat olgan, 2 kishi vafot etgan. Voqea joyida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi ish olib bormoqda.

AQSh senatorlari Davlat departamenti va prezidentni O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi

AQSh senatorlar guruhi Oq uy va Davlat departamentini inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat sababli O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Ularning fikricha, O‘zbekistondagi islohotlar sustlashgan, mamlakatda erkin so‘z huquqi cheklanmoqda. OAV faoliyatida ham muammolar kuzatilmoqda.

Tarbirkorga $400 ming kredit olib berishni va’da qilgan SSP xodimiga jinoyat ishi ochildi

Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xodimi tarbirkorga 400 ming dollar kredit olib berishni va’da qilib, buning evaziga 3 ming dollarni qo‘lga kiritgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Zangiota 1-son shifoxonasida 11 oyda 422 nafar chaqaloq dunyoga kelgan

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova yil davomida markazda 422 nafar chaqaloq dunyoga kelganini ma’lum qildi. Hozirgi kunda yana 64 nafar homilador ayol davolanmoqda, ularning 3 nafari reanimatsiya bo‘limida. Qolaversa, shifoxonada 7 nafar chaqaloq va 18 yoshgacha bo‘lgan 97 nafar bola davo muolajalarini olmoqda.

«Qo‘yliq» bozori yo‘l o‘tkazgichi kengaytirilishi tufayli boshqa joyga ko‘chiriladi

Toshkent shahridagi «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydonlarini boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining kengaytirilishi bilan bog‘liq. Foto.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlari kengayadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi vakolatlar berildi. Endilikda agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi va jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa choralarni ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotni talab qilishi mumkin.

Tuman sababli O‘zbekiston aeroportlarida reyslar kechiktirildi

7 dekabr kuni tongda Urganch va Andijon aeroportlarida yomon ob-havo natijasida samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadi. «Aeroflot» aviakompaniyasining Moskvadan uchgan reysi Nukusdagi zaxira aerodromga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali to‘lab beriladi

Hukumat qarori bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badali to‘lab beriladi. Shuningdek, ular vaqtincha ijtimoiy uylarga ijaraga qo‘yilishi ham mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarga esa birinchi qavatdagi uylar ijaraga beriladi.

Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsga ahloq tuzatish ishlari tayinlandi

Sud metro vagonida 13 yoshli qizga nojo‘ya harakatlar qilgan shaxsni aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

Bank kartalaridan pul yechib olinish sabablari o‘rganilmoqda

Dekabr boshida ayrim bank kartalari egalari mablag‘lari ular ruxsatisiz yechib olinayotganidan shikoyat qildilar. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib mijozlarni xabardor qilmasdan va ular bilan kelishmasdan pullar yechib olinayotganini aniqlashtirmoqda.

«Afg‘onistondagi vaziyatda quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi» — Abdulaziz Kamilov

Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar falokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga aniq yordam ko‘rsatish nihoyatda muhim hisoblanadi, deya ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.

Boysun tumani hokimligi 398 mln so‘mga Trailblazer xarid qildi

Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimi farmoyishi bilan texnik nosoz Captiva-2 xizmat avtomobili bepul tarzda tuman prokuraturasiga o‘tkazildi. Shundan so‘ng, hokimlik 398 mln so‘mlik Trailblazer mashinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. Biroq, hukumat qarori bilan tuman hokimlariga 270 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat avtomobilini xarid qilishga ruxsat etilgan.

Qoraqalpog‘iston hududida yangi qush turi — cho‘l buqasi aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda Respublikasida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida bahorgi monitoring chog‘ida yangi qush turi — cho‘l buqasi topildi. Ushbu qush Energetika vazirligi loyihalarining atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish jarayonida aniqlangan.

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada texnopark va quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Texnoparkda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari, qolaversa, yuqori sifatli sement ishlab chiqarish maqsad qilingan.

AQSh inson huquqlari buzilayotgani tufayli Pekindagi Olimpiadaga diplomatik boykot e’lon qildi

AQSh hukumati inson huquqlari buzilayotgani sababli 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga diplomatik boykot e’lon qildi. Xitoy bunga javoban Amerika vakillarining Olimpiadada bo‘lmasligi «hech kimni xavotirga solmasligini» ta’kidladi.

Yil boshidan beri shaharlararo avtobuslarda yo‘lkira narxi 9,4 foizga oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga oshdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 9,4 foizga qimmatlashgan.