7 dekabr kuni soat 03:57 da Surxondaryo viloyati Denov shahrida joylashgan 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasi binosida chaqnash (video) yuzaga kelgan, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, chaqnash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan va yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida bino ichida bo‘lgan 9 kishi jarohat olgan, yana ikki kishi vafot etgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 04:25 da o‘chirgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyiga yetib bordi.

«Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, SSV va boshqa idoralar vakillari kiritilgan. Hozirda dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

FVVning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, yong‘in 28 daqiqa davomida o‘chirilgan. 30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar fuqaro halok bo‘lgani aniqlangan.