Rossiya Davlat Dumasi deputati, «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari bilan vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni taklif qildi. Uning fikrlari Telegram-kanalida e’lon qilindi.

«Bu yerda gap faqat mehnat migratsiyasi kriminogen omillarni beqarorlashtirganida emas. Biz Rossiyaga koronavirusning yangi shtammlari kirib kelishi ehtimolini maksimal ravishda kamaytirishimiz ham kerak. Uchinchi va asosiy sabab: biz iqtisodiyotimizni to‘xtatayotgan arxon mehnatdan uni himoya qilishimiz kerak», — deb yozdi rossiyalik siyosatchi.

Davlat Dumasi deputatining fikricha, arzon mehnat biznesni aynitadi, oyliklarni oshirish, ishchilarni qayta o‘qitish va texnikalarni yangilashdan iqtisod qilishga imkon yaratadi.

«Moskva hukumati mazkur muammo to‘g‘ri yo‘lga soldi: qurilishda ikki-uch baravar kam odam ishlashi kerak, ular ikki-uch baravar tezroq qurishi va uch baravar ko‘proq daromad ko‘rishi kerak. Bu yondashuv boshqa hududlarga va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham tarqalishi kerak, shu boisdan migratsiya siyosati kuchaytilishi lozim», — deb yozdi u.