O‘zbekistonda 5 gigabaytlik fayl o‘rtacha 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinadi. Bu haqda Britaniyaning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini taqqoslashga ixtisoslashgan Cable.co.uk nashri hisobotida ma’lum bo‘ldi, deya xabar qildi Repost.uz. Mamlakat 224 davlat orasida 166-o‘rinni egalladi.

MDH davlatlari orasida 66-o‘rinni egallagan Rossiya eng yaxshi ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda, undan keyin Ukraina (77-o‘rin) va Belarus (92-o‘rin).

Reytingga ko‘ra, Turkmaniston internet tezligi bo‘yicha oxirgi o‘rinni egalladi. U oxirgi 224-qatorni oldi. Turkmanistonda besh gigabaytlik faylni yuklab olish uchun 22 soat 34 daqiqadan ko‘proq vaqt ketadi.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda O‘zbekiston internet tezligi reytingida 189 davlat orasida 178-o‘rinni egallagan. 2018 yilda mamlakat reytingda biroz yuqoriga ko‘tarilib, 200 mamlakat ichida 184-o‘rinni egalladi.

2019 yilda mamlakatda internet sifati yana yaxshilandi va buning natijasida O‘zbekiston 207 davlat orasida 181-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili mamlakat 221 davlat orasida 200-o‘rinni egallagan edi.