Bloomberg 2021 yilda dunyodagi eng nufuzli odamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Har yili o‘tkaziladigan so‘rovda joriy yilda erishgan yutuqlari «e’tirofga loyiq» bo‘lgan biznes, ko‘ngilochar, moliya, siyosat, fan va texnologiya sohalari vakillari tilga olinadi.

«Pfizer» farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori Albert Burla ham boshqalar qatorida Biznes bo‘limiga kiritildi. Xabar qilinishicha, korxonaning BioNTech bilan hamkorlikda erishgan yutug‘i natijasida COVID-19 vaksinasi bo‘yicha 36 mlrd dollardan ortiq bitimlar tuzilgan, bu esa preparatni «bu yil eng ko‘p sotilgan farmatsevtika mahsuloti»ga aylantirgan.

Moliya toifasiga, xususan, dunyodagi eng badavlat ayollardan biri, Amazon bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott kiradi. U ajrashganidang so‘ng 800 ga yaqin xayriya tashkilotiga 8,6 mlrd dollar xayriya qilib eng saxovatli xayriyachi nomini oldi.

«Siyosat» rukniga rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ham qo‘shilgan. «Kremlning ashaddiy tanqidchisi zaharlanganib, xorijda tuzalib ketganidan keyin 10 oydan ortiq vaqt davomida hibsda saqlanmoqda», — deyiladi agentlik xabarida.

Ilm-fan va texnologiya bo‘limida birinchi o‘rinni TikTok ijtimoiy tarmog‘ining bosh direktori Vanessa Pappas egalladi. Uning yutuqlari orasida TikTok yilning birinchi yarmida ikki asosiy raqobatchisi — Instagram (17,7 mln) va Snapchat (14,2 mln)ni birlashib hisoblaganda ham AQShda eng ko‘p yuklab olingani (34,6 mln) bo‘ldi.

Ko‘ngilochar toifada eng nufuzlilardan biri mashhur qo‘shiqchi Britni Spirs bo‘lib, u noyabr oyida besh oylik sud muhokamalaridan so‘ng o‘zini 14 yil davom etgan otasining vasiyligidan ozod deb e’lon qildi.