«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mol go‘shtidan tayyorlasa bo‘ladigan bir qancha noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Сацебели qaylasida pishirilgan mol go‘shti


Ushbu retsept uchun har qanday go‘shtdan foydalanishingiz mumkin — mol go‘shti, qo‘y va hatto tovuq go‘shti. Mazkur taomning asosiy tarkibi satsebeli qaylasidir, u go‘shtni mazali, sersuv va yumshoq qiladi.

Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go‘shtidan antiqa taom


Kutilmagan mehmonlar tashrif buyurganda, shuningdek taom tayyorlash uchun ko‘p vaqtingiz bo‘lmasa, ushbu tezpishar taom retsepti sizning ko‘makchingizga aylanadi.

Mol go‘shtidan tayyorlangan chashushuli


Chashushuli — gruzincha milliy taomlardan biri bo‘lib, mol go‘shti pomidorli qayla bilan birga past olovda dimlab pishiriladi. Bu taomni tayyorlash juda oson bo‘lib, unga suv solinmaydi, bu esa o‘z navbatida barcha masalliqlarning o‘z ta’mini yorqinroq ochib berishiga sabab bo‘ladi.

Osiyocha usulda pishirilgan go‘sht va brokkoli


Bunday usulda pishirilgan taom go‘shti yumshoq, ta’mi ham ajoyib, brokkoli karami esa qarsildoq bo‘lib, barcha vitaminlarini saqlab qoladi.

Piyoz va bulg‘or qalampiri bilan dimlab pishirilgan go‘shtli taom


Bu retseptda sizlar ideal mazaga ega go‘shtli taom tayyorlash siri bilan tanishasiz. U juda yumshoq va nafis bo‘lib pishadi. Yoniga garnir sifatida qaynatilgan guruch pishirsangiz ham bo‘ladi.

Pomidorli qaylada pishirilgan mol go‘shti


Ushbu taomni tayyorlash uchun bir xil o‘lchamdagi yangi mol go‘shti qovurg‘asidan foydalaning. Mazkur taomning tayyorlanishi oson, lekin uzoq vaqt talab qiladi. Ammo u kutishingizga arziydi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15