Prezident farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi»da respublikada jamoat xavfsizligini ta’minlovchi sub’etlar va ularning vazifalari belgilab berildi.

Unga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subektlar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan iborat.

Boshqa davlatlar organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etuvchi субъектларга kiradi.

Konsepsiyada jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlarning bu sohalari vazifalari batafsil keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari o‘z xizmat majburiyatlari yuzasidan jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar belgilanishi hamda ularning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlamaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkinligi qayd etildi.

Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlashga vakolatli bo‘lgan davlat organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik hamda faol qarshilik ko‘rsatish harakatlarining oldini olish tartib va mexanizmlari belgilanadi.