Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va O‘zbekiston hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, aholi salomatligini ta’minlash hamda mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022 yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi.

Oldinroq O‘zbekiston 10 ta davlat bilan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Shuningdek, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Italiya, Misr va boshqa ayrim davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotganlar o‘n kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.