O‘zbekistonda transport vositasi salonining old qismiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatganlik uchun jarima bekor qilindi. Prezident 30 noyabr kuni Ma’muriy javobgarilk to‘g‘risidagi kodeksning 128−2-moddasiga o‘zgartish kiritishga oid qonunni imzoladi. O‘zgarishlar 1 dekabrdan amal qila boshlaydi.

Avtomobilni boshqarish vaqtida tele va video dasturlarni monitor (displey) orqali tomosha qilishga bo‘lgan taqiq o‘z kuchida qolmoqda.

Buning uchun BHMning 1 baravari miqdorida (hozirda 270 ming so‘m) jarima belgilangan. Bir yil ichida ushbu qoidabuzarlikni takroran sodir etganlik uchun — BHMning jarima yoki 6 oydan 1 yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Avvalroq, «Gazeta.uz» o‘zgartishlar Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgani haqida yozgan edik. Loyiha tashabbuskorlari bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi ortidan haydovchilar monitorlandan navigator sifatida va kerakli manzalni aniq belgilash uchun foydalanishmoqda.

Eski tartib displeydan GPS-navigator sifatida foydalanishga taqiq yoki javobgarlik mavjud emas edi. Biroq, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan monitordan foydalanish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qilgandi.

Bunga qadar, 1 dekabrdan yana O‘zbekistonda haydovchilarga harakat vaqtida quloqchin va qo‘l ishlatmasdan muloqot olib borish imkonini beruvchi boshqa qurilmalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berilgani haqida yozgandik.

2022 yil martdan esa haydovchilarning yonida pasport (ID-karta) mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan haydovchilik guvohnomasi, texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini olib yurish talab etilmasligi haqida xabar bergandik.