O‘zbekiston Adliya vazirligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan haydovchilarga avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish imkonini beruvchi o‘zgartirish bo‘yicha tushuntirish e’lon қилди.

1 dekabrdan kuchga kirgan o‘zgarishlarga ko‘ra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin bo‘ldi.

Adliya vazirligi xabarida keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali «endi mashina boshqarayotganda ham telefondan foydalanish mumkin» yoki «rulda bo‘lgan holda telefonda gaplashishga ruxsat berildi» va shunga o‘xshash xabarlar tarqalmoqda.

«Agarda haydovchilar rulda bo‘lgan vaqtida telefondan bluetooth’SIZ, quloqchinSIZ va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralarSIZ foydalansa javobgar bo‘ladi. Shuni unutmaslik lozim.», — deyiladi vazirlik xabarida.