Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati +7…+12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo bulutli, ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘adi.

Shanba va yakshanba kunlari sovuq antitsiklon respublikamiz hududidan asta-sekin chekinadi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Kechalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni +13…+15 daraja iliqqacha isitadi. Respublikaning shimolida harorat kechalari +6…+9 daraja iliq, kunduz kunlari +4…+7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.