Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 29 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 19,46 so‘mga ko‘tarildi va 10 777,04 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 66,04 so‘mga ko‘tarildi va 12 140,34 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 2,13 so‘mga pasaydi va 142,21 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,72 so‘mga pasayib, 10 745,40 so‘mni tashkil qilgandi.