Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonning Namangan shahriga yo‘l olgan «Aeroflot» kompaniyasi samolyoti bortida tug‘ruq tufayli Nijniy Novgorod aeroportiga qo‘ndi. Bolani styuardessalar qabul qildi, deb xabar berdi TASS agentligiga viloyat favqulodda xizmatlaridagi manba.

«Samolyot komandiri bortda tug‘ilish haqida e’lon qilgan, Nijniy Novgorodgacha borishga qaror qilingan. Chaqaloq tug‘ildi, styuardessalar bolani qabul qilishgan. Qo‘nish ham muvaffaqiyatli o‘tdi», — dedi manba.

Avgust oyida afg‘onistonlik homilador ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida Toshkentdagi tug‘ruqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan edi.