24 noyabr kuni Tojikiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-leytenant Bobojon Jamolzoda boshchiligidagi delegatsiya ilk bor O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustan Jo‘rayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Yig‘ilish yakunida rahbarlar 2022 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama amaliy hamkorlik rejasini imzoladi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning barcha sohalarida tajriba almashishga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.

Delegatsiya a’zolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, G‘alaba bog‘i hamda Milliy gvardiyaning qator bo‘linmalari bilan tanishishdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati