Toshkent shahar Yangi hayot tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda shahar Elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 25 noyabr kuni Yangi hayot tumani hududida joylashgan 220 kVli «Sergeli» podstansiyasidan ta’minlanuvchi yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ining qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur tarmoqda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Ta’mirlash jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, ayrim MFYlar, tadbirkorlik subyektlari, maishiy obyektlar va aholi iste’molchilari soat 11:00 dan 16:00 gacha vaqtincha ta’minotdan ajratilishi aytilgan.

Jumladan, Shokir ariq ko‘chasi, 2A, 3A, 3B, 5A,7A, 8, 9, 10 qurilish daxalaridagi yangi uylar, shuningdek, «Yangi hayot», «Oriyat», «Yangi umid», «Tashabbus», «Humo», «Yangi turmush», «Marhamat», «Gulshanobod» va «Olchazor» MFYlar tarmoqdan vaqtinchalik uzib qo‘yilishi kutilmoqda.