Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida marketpleys — sotuvchilar va xaridorlar bilan aloqa qilishning qulay makonidir. Lekin mamlakatda hamma narsa ishlab ketishi uchun, shunchaki yangi g‘oyani o‘zlashtirish yetarli emas, uni moslashtirish ham lozim. Aynan shu sababdan Sello kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga mos keladigan logistika tizimini ishlab chiqdi.

Marketpleys nima va uning afzalliklari

«Marketpleys» so‘zi «savdo maydonchasi» deb tarjima qilinadi. Ushbu savdo maydonchasiga merchantlar — boshqacha qilib aytganda «savdogarlar» — o‘z mahsulotlarini joylashtiradilar, xaridorlar esa sotib olishadi. Marketpleys va internet-do‘konlar o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, marketpleysda bir vaqtning o‘zida ko‘plab turli xil merchantlar o‘z mahsulotlarini sotuvga qo‘yishlari mumkin.


Sello marketpleysiga kirib, siz biron bir mahsulotni xarid qilmoqchi bo‘lganingizda turli merchantlardan bir nechta takliflarni ko‘rib, o‘zingizga ma’qul bo‘lgan mahsulotni tanlashingiz mumkin. Bu xaridorga narx toifalarini solishtirish, merchantlarning reytinglarini ko‘rish va boshqa mijozlarning qoldirgan fikrlarini o‘qishga imkon yaratadi.

Sello va onlayn-do‘konlar o‘rtasidagi farq haqida

Onlayn-do‘kon, odatda, mahsulotni sotishning tor maqsadli segmenti hisoblanadi. Marketpleysda esa siz kundalik hayot uchun kerak bo‘lgan hamma narsani sotib olishingiz mumkin. Sello kompaniyasi sentabrda o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi kunda sello.uz saytida 15 toifadagi 10 mingdan ortiq mahsulotlar mavjud. Kompaniya 50 dan ortiq merchantlar bilan hamkorlik qiladi.

«Yaqin oradagi vazifalarimizdan biri — 2022 yilning birinchi choragigacha 100 mingdan ortiq mahsulotlarni taqdim etish, keyingi yil oxirigacha esa shu ko‘rsatkichni 600 minggacha oshirish. Mahalliy bozorda takliflar yetarli bo‘lmasligi mumkin, ammo buning uchun biz xorijiy bozorlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapmiz. Buning natijasida, mijozlarimiz xorijiy mamlakatlardan kelgan mahsulotlarni veb-saytimizdan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar», — deydi Iskandar Yusupov.


Sello`da buyurtma bersangiz, tovar uchun to‘lovni u manzilingizga yetkazib berilganda yoki sello.uz veb-saytining o‘zida amalga oshirishingiz mumkin. Agar mahsulot sizga mos kelmasa, siz uni oson qaytarishingiz mumkin. Ammo agar siz to‘lovni oldindan amalga oshirgan bo‘lsangiz, Sello uch kun ichida pulingizni qaytarib beradi.

Tegishli toifadagi mahsulotlar 10 kun ichida qaytarilishi mumkin. Agar mahsulot shikastlangan va ishlab chiqarish «braki» bo‘lsa, u holda merchant ushbu mahsulotni tekshirishi shart. Nuqson aniqlangan taqdirda, xaridor o‘z pulini qaytarish yoki evaziga shunga o‘xshash mahsulotni olish huquqiga ega.

Sello Logistics qanday ishlaydi

Sello`ning o‘z ekotizimi bor. Uni takomillashtirish uchun kompaniya tinmay mehnat qilib kelmoqda. Birinchi qism — Sello Logistics. Sello`ning Toshkentda 8 ta buyurtmalarni topshirish punktlari (BTP) mavjud bo‘lib, xaridor buyurtma bergan mahsulotini ushbu punktlardan olib ketishi mumkin. 2021 yil oxirigacha Toshkentda yana 2 ta shunday punkt tashkil qilinadi. Hozirgi paytda Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 4 tadan, Namangan viloyatida esa 3 ta BTPlar faoliyat yuritmoqda.

Mahsulotlar BTPga kelganda, xaridor bu haqda maxfiy kod bilan SMS-xabar oladi. Ushbu koddan xaridor buyurtmani qabul qilishda kalit sifatida foydalanadi. Shunday qilib, xaridorning har qanday oila a’zosi yoki do‘stlari kod yordamida mahsulotni olishlari mumkin. Agar mazkur kod boshqalarning qo‘liga tushsa, xaridor aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, mahsulotlarni yetkazib berishni to‘xtatib turishni so‘rashi yoki o‘z shaxsiy kabinetida buni o‘zi amalga oshirishi mumkin.


Toshkent ichida buyurtmalar ko‘pi bilan 24 soat ichida yetkazib beriladi.

Agar xaridor bir nechta merchantlardan buyurtma bergan bo‘lsa, Sello`ning vazifasi — barcha buyurtmalarni to‘plash va ularni bitta qutiga joylashtirish. Buning uchun taqsimlash markazi bor. Mazkur qutilar xaridorga eng yaqin bo‘lgan BTPga yoki uning manziliga yetkaziladi. BTPlar butun shahar bo‘ylab metroga yaqin joylarda joylashgan.

«Biz merchantlarning mahsulotlarini sotish uchun ularni omborxonalarimizda saqlamaymiz. Buyurtma qabul qilinishi bilan merchantlar buni 30 daqiqa ichida shaxsiy kabinetda tasdiqlaydilar. Va biz, o‘z navbatida, buyurtma qilingan tovarlarni 3 soat ichida taqsimlash markaziga olib kelamiz», — deydi Iskandar Yusupov.

Keyinchalik, marshrutlar tuziladi va tovarlar BTPga yetkaziladi. Toshkentda Sello`ga tegishli bo‘lgan 10 dan ortiq avtomashinalar manzillarga buyurtmalarni yetkazib beradi.

Loyihaning ikkinchi qismini 2022 yil boshida boshlash rejalashtirilgan. Bu vaqtga kelib Sello Pay tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra mahsulotlar uchun to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘ylab yana 20 dan ortiq buyurtmalarni topshirish punktlari ochish rejalashtirilgan bo‘lib, har bir yirik shaharning o‘z taqsimlash markazlari bo‘ladi. Merchantlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidan uzoq joylashgani uchun buyurtma eng ko‘pi bilan 72 soat ichida yetkazib beriladi.

Sello`dagi sotuvchilar uchun hamkorlik shartlari

Sello.uz saytida «Sello-da soting!» degan alohida bo‘lim mavjud bo‘lib, o‘sha yerda merchantlar uchun sahifa bor. Sotuvchi ushbu saytda ro‘yxatdan o‘tadi, barcha ma’lumotlarni qoldirib, sotishga tayyor bo‘lgan mahsulot toifalarini tanlaydi. Ish kuni davomida Sello`ning vakili u bilan bog‘lanadi va tegishli hujjatlarni yuboradi.

Yil oxirigacha Sello`dan maxsus taklif amal qilmoqda: merchantlar uchun Sello 20 dan 100 tagacha mahsulot kartochkalarini bepul to‘ldirib beradi. Yetkazib berish xizmatlarini Sello o‘z bo‘yniga oladi.


O‘zbekiston bozorida Sello istiqbollari

«Bizning maqsadimiz O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishdan iborat, chunki kelajak elektron tijorat qo‘lida. Bu vaqt va resurslarni tejaydi. Odamlar ishonadigan munosib takliflar yetarlicha bo‘lmaganligi sababli shu biznesni hamkorlarimiz bilan rivojlantirishga qaror qildik. Bizning tizimimiz oddiy, qulay va ishonchli bo‘lishi kerak degan xulosaga keldik», — dedi Iskandar Yusupov.

«Sello — oddiy, qulay va ishonchli».

Call-sentr: (+998) 78−113−09−00.

Sayt: sello.uz
Instagram: @sello.uz
Facebook: fb.com/sello.uz
Telegram: t.me/sellouz

Reklama huquqlari asosida.