“Daraxt ekish oson narsa, lekin daraxtni chopmaslik biz uchun qiyin ekan” — Botir Qobilov 200 mln tup daraxt ekilishi haqida

Iqtisodchi Botir Qobilov yiliga 200 mln tup daraxt ekilishi tashabbusi haqida fikr bildirib, mazkur vazifaning ijrosiga ozgina shubhasi borligini ta’kidladi. “Eng muhimi, ekilgan daraxtning „mevasi“ 15−20 yil ichida kelmaydi. Balki 200 mln tup emas, 10 mln tupning o‘zi yetarlidir”, — dedi u.

Hukumat poytaxt bosh rejasini 2023 yilgacha ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Hukumat Toshkent hokimligiga 2022 yil oxirigacha shahar bosh rejasini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlash muddati bugungi kungacha bir necha bor ortga surilgan.

SSV muassasalarini loyihalashtirishga turkiyalik mutaxassis rahbarlik qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘ztibloyiha” loyiha tashkilotiga turkiyalik mutaxassis Guray Kaymak rahbarlik qiladi. U poytaxtdagi sobiq Intercontinental mehmonxonasi binosi va O‘zbekistondagi boshqa obyektlarni loyihalashtirishda ishtirok etgan.

O‘zbekistonda tabiiy ofatlardan har yili 1,4 million kishi aziyat chekadi

O‘zbekistonda har yili tabiiy ofatlar o‘rtacha 1,4 million kishilar hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Natijada yetkazilgan zarar yiliga qariyb 3 mlrd dollarni tashkil etadi. Prognozlarga ko‘ra, yirik suv toshqini mamlakat YAIMning taxminan 5 foiziga zarar yetkazishi mumkin.

Feruza Babasheva deputatlik daxlsizligidan mahrum qilindi

O‘rtachirchiq tuman Xalq deputatlari Kengashi yopiq majlisda prokuror taqdimnomasiga ko‘ra deputat Feruza Babashevani daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Deputat “Agrobank” boshqarma boshlig‘ining talabiga binoan sudda javobgar sifatida ishtirok etadi.

Toshkentda Prezident kutubxonasi quriladi

Poytaxtning Adiblar xiyoboni yonida Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi quriladi. Muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxona ham tashkil etiladi. Milliy bog‘ yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilmoqda. U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent metropolitenida FacePay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metropolitenining “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida FacePay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning yordamida yo‘lovchi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqi uchun to‘lov qilishi mumkin.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

Prezident “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi"ni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident “2022−2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish” bo‘yicha topshiriq berdi. Unda davlat boshqaruvi tizimi va mahalliy davlat hokimiyati organlarini “aholining farovonligini ta’minlash samaradorligi"ga e’tibor qaratish hamda “mobil boshqaruv apparati"ni yaratish orqali ularning samaradorligini oshirish maqsad qilingan.

“Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi e’lon qilindi

25 noyabrdan O‘zbekistonda “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi boshlanadi. Kampaniya boshlanishini e’lon qilgan Senat raisi Tanzila Narbayeva zo‘ravonlikka qarshi kurashda “uzoq va mashaqqatli ishlar” turganini va unda “har birimizning ishtirokimiz muhim” ekanligini ta’kidladi.

Andijonda tuman elektr tarmoqlari buxgalteri bloger ayolni kaltaklagani aytilmoqda (to‘ldirildi)

Andijonlik bloger Fatima Jo‘rayeva Ulug‘nor tumani elektr tarmoqlari buxgalteri tomonidan kaltaklanganini ta’kidlamoqda. Bunga fermerlarga sun’iy ravishda qarzdorlik yozilgani bo‘yicha izoh so‘ragani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. Tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi. Andijon tuman elektr tarmoqlari korxonasi esa ayolning kaltaklanganini rad etib, voqea joyidan olingan yozuvni taqdim etdi.

O‘zbekistonliklarga kriptovalyutalarni birjalarda sotib olishga ruxsat berildi

O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat xorijiy valyutaga sotish mumkin. Shuningdek mulkiy ta’minotga ega tokenlar emissiyasiga ham ruxsat berildi.

O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda

Angliyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universitetida (Royal Agricultural University) O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan

O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan. Bu O‘zbekiston 10 oy davomida eksport qilgan jami gaz narxi bilan deyarli teng.

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 560 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” tashkil etiladi — Aziz Abduhakimov

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov mamlakatda 2021 yil oxiriga qadar 560 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” tashkil etilishini ma’lum qildi. Shundan 375 ming gektarida o‘rmonzor barpo etiladi.

Toshkentda “Aviatsiya sohilbo‘yi” paydo bo‘ladi

Uzbekistan Airports kompaniyasi Yangixayot tumanida “Aviatsiya sohilbo‘yi” deb nomlangan yashil hudud yaratishni boshladi. Kompaniya rahbariyati ko‘chat ekish haqidagi topshirig‘ini hisobot berish uchun emas, odamlarga sayilgoh qilish uchun bajarishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida ikki tadbirkor 100 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan

Chirchiqdagi SHIRINA PETROL va Toshkent tumanidagi CLEAN GAS SERVICE MCHJlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 1,635 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Ushbu miqdordagi gaz 100 mingta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng ekani aytildi.

Odam savdosi bilan shug‘ullanadiganlar ro‘yxati yuritiladi

Hukumat qarori bilan odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasi yuritiladi. Unga odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar kiritiladi. Ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari bilan ko‘rsatiladi.

95 yoshli otaxon bilan suhbat, maktabga tashrif, keksalar bilan ko‘chat o‘tqazish, yosh bola bilan tanishuv — prezident poytaxt mahallalarini aylandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Sarhumdon va Gulobod mahallalarini aylandi. Bunda davlat rahbari ko‘p qavatli uyda yashaydigan fuqarolar bilan suhbatda bo‘ldi, maktabga tashrif buyurib o‘quvchi va maktab xodimlari bilan gaplashdi, keksalar bilan birga ko‘chat o‘tqazdi, aylanishga chiqqan bolakay bilan tanishdi (video).